Pora uchun jazo kuchaytirilgani poraxo‘rlikni kamaytiradimi?

O‘zbekistonda pora olish va berish uchun jazo choralari kuchaytirilgan.

Mamlakat parlamenti aprel oyi boshida qabul qilgan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksiga o‘zgartirishlarni Prezident Islom Karimov 14 may kuni imzolagan.

15 mayda matbuotda e‘lon qilinishi bilan poraxo‘rlikka doir yangi qonunchilik ham kuchga kirgan.

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 211 va 212-bandlari o‘zgartirilgan.

Endi poraxo‘rlik jinoyati uchun O‘zbekistondagi eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zbekiston dunyodagi korruptsiya va porxo‘rlik eng avj olgan mamlakatlardan biri deb ko‘riladi, jazo kuchaytirilgani endi poraxo‘rlikni kamaytiradimi?

BBC ushbu savolni hozir Frantsiyada istiqomat qiladigan o‘zbekistonlik taniqli inson haqlari faoli Tolib Yoqubovga berdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002