Rossiyaning sun‘iy yo‘ldosh olib uchgan "Proton" raketasi halokatga uchradi

Image copyright AFP
Image caption Proton-M raketasi bundan oldin 2013 yil iyulda halokatga uchragandi

Roskosmos xabar berishicha, "Proton-M" raketa tashuvchisining "Ekspress-AM4R" fazo apparati bilan parvozi uchinchi bosqichda muvaqqiyatsiz tugagan va sun‘iy yo‘ldosh orbitaga olib chiqilmagan.

"Bizdagi ma‘lumotlarga ko‘ra, raketa atmosferaning qalin qatlamida portlagan. "Ekspress-AM4R" raketadan ajralishga ulgurmagan va orbitaga chiqishga muvaqqat bo‘lmadi", deb aytgan Roskosmos rahbari Oleg Ostapenko.

Halokatga uchragan fazo kemasiga qariyb 1 milliard rubl(28,8 million dollar) sarflangan.

"Ekspress-AM4R" Rossiyaning eng kuchli sun‘iy yo‘ldoshi hisoblanadi.

"Interfaks" agentligi bildirishicha, sun‘iy yo‘ldosh Rossiyaning uzoq va murakkab mintaqalarini internet bilan ta‘minlash vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

"Proton" halokatiga boshqaruv dvigatellaridan birida bosim tushgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Image copyright RIA Novosti

Raketa Oltoy va Tinch ummoniga tushgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Shuningdek, Roskosmosning ishonch bildirilishicha, raketa yoqilg‘isining zaharli moddalari atrof-muhitga zarar keltirmaydi. Raketa portlagan paytda 150 chaqirim balandlikka ko‘tarilgani sababli, yoqilg‘i atfosferaning yuqori qatlamlarida yonib ketgan bo‘lishi mumkin. Biroq ba‘zi ekspertlar bunga shubha bildirishmoqda.

Raketa va sun‘iy yo‘ldosh "Ingosstrax" da 7,8 mlrd rublga kafolatlangan, butun dunyodagi uchinchi shaxs oldidagi zarar 6 milliardni tashkil qiladi.

Oleg Ostapenko o‘tgan yil oktyabr oyida fazo stantsiyasi rahbarligini olgan.

Oldingi rahbariyat aynan halokat darajasi yuqoriligi sababli iste‘foga chiqarilgan.

2013 yil iyul oyidagi halokatda GLONASSning uch sun‘iy yo‘ldoshi yo‘qotilgan edi.

Bayqonur yaqinida portlagan raketa zararini Qozog‘iston 13 mlrd tenge (71,4 mln) deya baholagan.

Rossiya aviakosmik straxovaniya assotsiatsiyasi hisoblariga ko‘ra, 2010 yilda mamlakat fazo halokatlaridan 20 mlrd rubl yo‘qotgan.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya bu kabi hodisalardan moddiy zarar ko‘rish bilan birga xalqaro obro‘yiga ham putur yetishini aytgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002