Donetskda bo‘lginchilar qo‘ygan shart muddati tugadi

Image copyright AFP

Noqonuniy deb atalayotgan Donetsk xalq respublikasi rasmiy Kiyevdan qo‘shinlarni olib chiqish sharti nihoyasiga yetdi.

Biroq bo‘lginchilar hali nimalarni rejalashtirayotganlarini oshkor qilmaganlar.

14 mayda rossiyaparstlar Kiyev harbiylarni chiqib ketishga buyruq bermas ekan, o‘zlari boisb olgan binolarni bo‘shatmaslgi, hamma blok postlarni o‘z nazoratida qoldirishi, bundan tashqari ularga qarshi keng miqyosli amaliyotlar boshlashlarini aytishgan edi.

Bugun tomonidan tan olinmagan "Donetsk xalq respublikasi" o‘zining bosh vazirini tayinlagan.

Luganskda ham saylov komissiyasi a‘zolariga qarshi aktsiyalar boshlangan. Ukraina Ichki Ishlar vazirligi bo‘lginchilar shaharda tartibsizliklar keltirib chiqarishga uringanlarini qayd etgan.

Biroq buni rossiyaparastlar tasdiqlashmagan.

O‘tgan yakshanba kuni Ukraina sharqidagi ikki viloyatda Rossiyaparast bo‘lginchilar "mustaqil boshqaruv"ga erishish yo‘lida referendumlarni o‘tkazishdi. Ukraina hukumati va G‘arb referendumlarni "noqonuniy" deb qoraladi.

Bo‘lginchilar referendum Kiyev hukumatining noqonunyi amaliyotlariga qarshi va davlat to‘ntarishiga qarshi harakat ekanini aytishgan.

Ular o‘z huquqlari himoya qilinishi, jumladan rus tili davlat tili bo‘lishini talab qilishgan.

Ukraina hukumati bu referendumlar viloyatlarning barbod bo‘lishiga olib kelishidan ogohlantirdi.

Referendum tashkilotchilari may oyi oxirida saylovning ikkinchi bosqichini o‘tkazishlarini bildirishgan. Unda Rossiyaga qo‘shilish savoli beriladi.

Ular 25 mayga mo‘ljallangan Ukraina prezidentlik saylovlarini boykot qilishlarini ham aytishgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002