BBC mehmoni - Qrim Tatarlari rahbari Mustafo Abduljamil Qrimo‘g‘li

18 may Qrim Tatarlari tarixida eng qora kun.

70 yil oldin - 1944 yil 18 mayidan 20 mayigacha Qrim Tatarlari o‘z vatanlaridan ko‘chirilganlar.

Stalinga taqdim qilingan hisobotda 183 mingdan ortiq inson surgun qilingani ma‘lum qilingan.

Shafqatsiz sharoit o‘n minglab insonlarni o‘ldirgan.

Surgun payti 1 yoshda bo‘lgan Mustafo Jamil Qrimo‘g‘li aqlini taniganidan buyon Qrim Tatarlarining o‘z vatanlariga qaytishi yo‘lida kurashdi.

1991 yilda Qrim Tatarlarining organi Majlis ta‘sis etildi.

Tashkil etilganidan keyin uzoq yillar Mustafo Jamil Qrimo‘g‘li Qrim Tatarlari Majlisiga raislik qildi.

2013 yil noyabridan buyon Qrim Tatarlari Majlisining raisi Refat Chubarov.

Mustafo Jamil Ukraina parlamenti deputati.

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazildi.

Bu referendum yarim orolni Ukraina tarkibidan chiqarib Rossiyaga qo‘shish qarorini ma‘qulladi, deb e‘lon qilindi.

Mustafo Jamil Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishiga qarshi chiqdi, mart oyidan buyon uning Qrimga kirishi taqiqlandi.

May oyi boshida Mustafo Jamil Qrimo‘g‘li Ukrainadan Qrimga kelgan, chegaradan o‘tish postida uni OMON xodimlari to‘xtatganlar, bir guruh Qrim Tatarlari Qrim tarafdan OMON saflarini yorib o‘tganlar, biroq o‘zlarining rahbarlarini Qrim tarafga olib o‘ta olmaganlar.

BBC mehmoni Mustafo Jamil Qrimo‘g‘liga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002