Rossiya: Moskva yaqinida poyezdlar halokati

Image copyright AFP
Image caption Qurbonlar soni ortishi borasida xavotirlar bor

Yuk poyezdi yo‘lovchilarni tashiydigan poyezdga kelib urilishi oqibatida kamida besh kishi qurbon bo‘lgan.

Bu halokatli to‘qnashuv Moskvaning janubiy-g‘arbiy hududida ro‘y bergani aytilmoqda.

Bekasovo 1 stantsiyasiga yaqin hududda ro‘y bergan to‘qnashuv oqibatida bir necha vagonlar izdan chiqqan.

Vagonlardan jarohat olgan yo‘lovchilar tushirilib kasalxonaga olib ketilgan.

Poyezd Moskva – Kishinyov yo‘nalishida bo‘lgani aytiladi.

Rossiya ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, kamida besh kishi qurbon bo‘lgan va 15 nafar yo‘lovchi jarohatlangan.

Ammo ayrim mahalliy xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni ancha ko‘pdir.

Mulozimlarga ko‘ra, yuk tashuvchi poyezd izdan chiqib ketgan va yo‘lovchi poyezda bilan to‘qnashgan.

Keyin yo‘lovchi tashiyotgan poyezdning bir necha vagonlari temir yo‘ldan chiqib ketgani ma‘lum qilingan.

Qutqaruvchilarga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘zchisiga ko‘ra, shifokorlar jarohatlanganlarga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002