Medvedev: Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini kafolatlamaydi

Image copyright AFP
Image caption "Ukrainaning hududiy yaxlitligiga Rossiya kafolat bermaydi"

Dmitriy Medvedev Rossiya Qrimdan keyin mamlakat sharqini ham o‘z hududiga qo‘shib olish niyatida degan da‘volarni tashviqot deya rad etgan.

Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini ta‘minlay olmaydi va bunga harakat ham qilmaydi, chunki Moskva o‘ziga bundan bir mas‘uliyatni olmagan deb aytgan Rossiya Bosh vaziri Bloomberg agentligi bilan suhbatda.

"Biz hech kimga hech narsani kafolatlamasligimiz kerak, chunki biz bunday mas‘uliyatni olganimiz yo‘q. Ammo biz Ukrainadagi vaziyatni yumshatish asosiy masala deb hisoblaymiz va bu yo‘lda kimgadir nimalarnidir kafolatlamaysiz", deb aytgan Rossiya bosh vaziri.

Shu bilan birga Medvedev Rossiya Ukrainaning qaysidir qismini o‘z hududiga qo‘shib olish niyatida degan da‘volar tashviqotdir deb aytgan.

Uning nazarida, Qrimni misol qilib keltirishga hojat yo‘q bu o‘rinda...

1994 yilda imzolangan Budapesht memorandumiga ko‘ra Ukraina yadro qurollaridan voz kechgan edi.

Bunga shart o‘laroq AQSh, Rossiya va Buyuk Britaniya Ukrainaning suverenligi hamda xavfsizligini ta‘minlashga kafillikni olgan edilar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002