Markaziy Osiyodan xabarlar qisqa satrlarda

Image copyright Getty
Image caption Shakar mustaqilligi?

O‘zbekistonda shakar mustaqilligi uchun harakat boshladi

So‘nggi haftalarda jiddiy shakar taqchilligi bilan ro‘para bo‘lgan O‘zbekiston 2015 yilga borib ichki ehtiyojni butunlay mustaqil ta‘minlashni rejalamoqda. Bu haqda hukumat nazorati ostida bo‘lgan matbuot nashrlari xabar qilishgan. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘ziga lozim bo‘lgan shakarning yarmini tashqaridan sotib oladi va yangi korxonalarning qurilishi shakarga ehtiyojni to‘la qondiradi. O‘zbekiston hozirga qadar turfa sohalarda "mustaqillik" e‘lon etgani bilan g‘alla va neftga ehtiyojining sezilarli qismini tashqaridan qondiradi.

Image caption Xolov qamoqxonada vafot etgan

Tojikistonlik taniqli mulla-tabib Mahmadullo Xolov qamoqxonada jon bergan

Rasmiylar Mahmadullo Xolovni shu yil boshlarida o‘z o‘gay qizlarini zo‘rlashda ayblashgan va Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasining a‘zosi deb e‘lon qilishgandi. Aziya Plyus xabar agentligiga ko‘ra, shu oy boshlarida qamoqxonada vafot etgan Xolov yurak xurujiga uchragani aytilgan. U haqida davlat televizioni tomonidan "fosh qiluvchi" film namoyish etilib, marhum o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarga iqror bo‘lgani ko‘rsatilgan. 63 yoshli Xolovning Islom Uyg‘onish partiyasining a‘zoligi alohida ta‘kidlanar ekan, Markaziy Osiyodagi rasman ro‘yxatga olingan yagona diniy-siyosiy firqa o‘z bayonotida bu da‘voni rad etgan edi. "Xolov Mahmadullo degan shaxs bizning a‘zolarimiz ro‘yxatida yo‘q", deyiladi bu bayonotda. Faollarga ko‘ra, Mahmadullo Xolov misolida hukumat Tojikiston Islom Uyg‘onish firqasiga qarshi kampaniya va bosimni davom

Image caption Turkman-Afg‘on chegarasi

Afg‘oniston Turkmaniston bilan sarhadlaridagi chegarachilar sonini ko‘paytiradi

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Afg‘oniston prezidenti Homid Karzay bilan ayni shu masalani muhokama etgan. Bu haqda Afg‘oniston xabar agentliklari yozishmoqda. Meredov janoblari Turkman-Afg‘on chegarasidagi jinoiy guruhlar faoliyatidan xavotir izhor etgan. O‘tgan hafta Turkmanistonning Afg‘oniston bilan chegara hududida uch nafar turkman chegara qo‘riqchilari noma‘lum qurolli shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgani esa dunyodagi eng yopiq davlatlardan hisoblangan bu mamlakat matbuotida mutlaqo yoritilmagan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.