BBCga aytaman: Toshkent bozorlari olibsotarlar qo‘lida

Toshkentdagi "Yunusobod", "Oloy", "Eski Jo‘va", "Farhod" va "Qo‘yliq" bozorlari oralaridagi farq yer bilan osmoncha.

Nisbatan arzon bozor "Qo‘yliq" va "Eski Jo‘va" hisoblanadi.

Qo‘yliq bozorida turshak (o‘rik qoqi) to‘rt - besh ming so‘m.

"Oloy" bozorida uning narxi 17 mingdan 35 ming so‘mgacha.

"Eski Jo‘va", "Chorsu", "Qo‘yliq" bozorlaridan 14 mingdan 20 minggacha go‘sht sotib olsa bo‘ladi.

"Oloy", "Farhod" bozorlaridan esa uni 25 ming so‘mdan kamiga topolmaysiz.

Bozorlar aro piyoz, kartoshka, sabzi kabi mahsulotlar narxlari oralaridagi tafovutlar ham ikki hatto uch baravar katta.

"Qo‘yliq" bozoridan 1500 so‘mga yaxshi guruch xarid qilish mumkin.

"Oloy" bozorida esa uning narxi 3500 so‘m.

Eng achinarlisi, Toshkent bozorlari olib-sotarlar qo‘lida.

Dehqonlar o‘z mehnatlari, qora terlari bilan yetishtirgan mahsulotlarini bu bozorlarda emin-erkin sotolmaydilar, bunga olibsotarlar yo‘l qo‘ymaydilar...

Ular dehqonlardan mahsulotlarni suv tekinga sotib olib, elga otasining bahosini qo‘yib sotadilar.

Shu sababli O‘zbekiston, xususan, Toshkent bozorlarida narx-navo qimmat va narxlar xilma-xil.

Bozorqo‘mlar(bozor boshliqlari) pattachilar, olib-sotarlar semirgandan – semirib ketishgan.

Bozorqo‘mlar: "Bizning ustimizdan emuvchilar bor..." deb pisanda qilishni yaxshi ko‘rishadi.

Olibsotarlar ham ayni shu gapni takrorlashadi.

Olibsotarlar o‘z ism-shariflarini yashirishadi va Erkin, Tohir, Qobil, Davron, Sardor kabi yasama nomlar bilan ish yuritishadi.

Vaqti-vaqti bilan ismlarini o‘zgartirib turishadi.

Bozorlarda mahsulotlarning sifat masalalari ham sanitariya-gigiyena talablariga ko‘pam javob beravermaydi.

Bu haqda ham alohida maqola yozamiz. Albatta sinchiklib o‘rganib.

Bizningcha, bozorlarni davlat miqyosida nazoratga olish kerak.

Olibsotarlar yo‘lini kesish kerak.

Dehqonlar, chorvadorlar o‘z mahsulotlarini, o‘z mollarini o‘zlari sotishlari kerak.

Bu elda arzonchilik tug‘diradi.

Dasturxonga fayz–baraka kiritadi.

Oydin Ochil

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.