"Rossiya matbuoti muhojirlarni olabo‘ji qilib ko‘rsatmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning yirik telekanallari va rasmiy internet saytlari 26 mayda "Moskva-siti" majmuasi qarshisida yuz bergan muhojirlar orasidagi yirik mushtlashuv haqida xabar berganlar.

Moskva Ichki Ishlar Boshqarmasi mushtlashuvda ishtirok etgan 450 mehnat muhojiri hisbga olinganini xabar qildi. Hodisa sabablari haqida hozircha rasmiy ma‘lumot berilmagan.

Moskvalik tahlilchi Davlat Qudratga ko‘ra, bu kabi mushtlashuvlar aslida kam uchraydi, biroq Rossiya matbuoti ularni ko‘pirtirib ko‘rsatishdan manfaatdor.

Siz Rossiyada yashaysizmi? Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlari orasida mushtlashuvlar qanchalar tez-tez yuz beradi va ularga nima sabab bo‘ladi?

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002