Postsovet Qirg‘izistonida ruhiy davolanishning tug‘ilishi

Image copyright BBC World Service

Mening Bishkekdagi 2011-2013 yillar oralig‘ida o‘tkazgan antropologik tadqiqotim odamlarning sog‘liqni tiklash yo‘llari va tanlovlari hamda kasallikdan saqlanish usullariga qaratilgan.

Shaharliklar ko‘p usullar orasidan tanlash imkoniyatlari mavjud, bular davlat va xususiy tibbiy klinikalardan tortib, biomeditsinaning xalq tabobatiga asoslangan igna sanchib yoki zuluk qo‘yib davolash usullari kabilaridir. Bundan tashqari, turfa xil uy marosimlari odatdagi kabi birinchi yordam vazifasini o‘taydi.

Sovet Ittifoqining tarqalishidan keyin "an‘anaviy" Qirg‘iz ruhiy davolash usullari keng tarqalganini kuzatish mumkin. Ular e‘tiqodga va ruhlarning ishtirokiga asoslanadi, ota-bobolar ruhlari, xususan nafaqat tabiblarga yordam beradi, balki davolash vazifasini ham bajaradi. Bunday tabobat o‘zida an‘anaviy tomonlarni saqlab qolgan, asosiy e‘tibor shunga qaratiladiki, "kasallik qo‘zg‘ovchi" sifatida ma‘lum ruhlar o‘zlarining qobiliyatlarini taqdim qilish uchun bo‘lg‘usi tabibni tanlaydilar. Shuni ta‘kidlash kerakki, tibbiy seanslar islomdan oldin mavjud bo‘lgan odatdan tashqari, islomiy duo va issiq-sovuqlardan iborat.

Bundan tashqari, bunday tajribada har xil yangi metod va texnologiyalar qo‘llaniladi, jumladan ekstrasensor davolash deb ataladigan usulda ishlatiladigan "bioenergetika" tushunchasiga asoslanadi.

Bu o‘z o‘rnida qo‘shimcha terapiya bo‘lib, 1980 yillarda Sovet Ittifoqida juda mashhur bo‘lgan va hozirgacha keng foydalaniladi. Men uchrashgan tabib, an‘anaviy usullarni va ari zahri bilan davolashni birgalikda qo‘llaydi. Tabiblar ko‘pincha sog‘liq bilan muammolarni davolabgina qolmay, boshqa tashvishlar, biznesni yuritish, oilaviy mojarolarni yechish kabilar bilan ham shug‘ullanishadi.

Qabristonga borish-avliyolar va ajdodlar qabri yoki boshqa ziyoratgoh joylarda ko‘pincha yolg‘iz daraxtlar, noodatiy toshlarni ko‘rish mumkin. Yoki sog‘ayish uchun bahor mavsumi tiklanish, sog‘ayish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Bu yerlarda davolash qudratli ruhlarning tashrifi yuzasidan yanada ko‘proq ta‘sirga ega hisoblanadi va tabib yordamchilari ularning yordamini olishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari qabrlarni ziyorat qilish ruhiy davolashning tarkibiy bo‘lagi sanaladi. Ayni paytda "provaslav" nasroniylikyoki sof islom tarafdorlari amaliyotda ruhiy davolanishdan foydalanishni qat‘iy rad qilsada, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ko‘pchilik avliyolar qabrlarini ziyorat qilish va marhumlarga sig‘inishni musulmonchilikni, ayni paytda qirg‘izchilik va qozoqchilikning tarkibiy qismi deb biladilar.

Qirg‘izistonda bundan oldin men Qozog‘istonda kuzatganim ruhiy davolanishning uyg‘onishi asosiy sabablari nimada? 1990 yillarda o‘z millati madaniyatini qayta tiklashga harakat ta‘siri ostida Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlarda bunday uyg‘onish tabiiy edi.

Xalq tabobati, xususan ruhiy davolashga xalq an‘analarining, madaniy merosning qimmatli bir bo‘lagi deb munosabatda bo‘lingan. Postsovet respublikalarida sog‘liqni saqlash tizimining keskin yomonlashuvi an‘anaviy davolash usullariga murojaat qilishni uyg‘otdi. Natijada bu usullar rasman tan olindi va tabiblar Bishkekdagi "Beyish" xalq tabobati markazida malaka oshirish jarayonidan o‘tishdi. Biroq bu jarayon oxirgi o‘n yillikda e‘tibordan qolib, o‘z-o‘zidan hukumat va tibbiy muassasalarning xalq tabobatiga munosabati doimo o‘zgarib borganini ko‘rsatadi. Tabiblar ishlash va erkin raqobat qilishsa ham, sobiq "Beyish"ni qayta tiklash uchun endi rasman dastaklov zarur.

Shu bilan birga, bu vaziyat ruhiy davolashning mashhurligini kamaytirmaydi. Men bilan gaplashgan oddiy odamlar ham tibbiyot mulozimlari ham 1990 yillarga bilan solishtirganda oxirgi paytlarda tabiblarga qiziqish ancha oshganini aytishadi.

Tabiblarning ko‘plari Bishkekda, turli tumanlarda ishlashadi. Ba‘zan ularni gazetalardagi e‘lonlar orqali topishadi, lekin ko‘p hollarda internetdan, hamda qarindoshlar va do‘stlar orqali xabar topib uchrashishadi. Mijozlar orasida nafaqat Qirg‘izistondan, balki boshqa millat vakillari, jumladan ruslar ham bor. Shuni ta‘kidlash kerakki, ba‘zi nufuzli tabiblar mamlakatning chekka hududlaridan ham odamlarni o‘zlariga jalb qilishadi.

Mening tadqiqotim shuni ko‘rsatadiki, tibbiy xodimlarning malakasi va axloqiy me‘yorlariga ishonchsizlik ruhiy tabiblarning xalq orasida mashhurligining asosiy sabablaridan biridir. Xalq orasida keng tarqalgan fikrga ko‘ra, "hamma yaxshi vrachlar o‘tib ketishdi yoki mamlakatni tark etishdi". Aslida, vrachlarning yetishmasligi Qozog‘iston va Rossiyaga ommaviy chiqib ketish bilan izohlanadi. Mamlakatdagi epidimiologik vaziyat ko‘p sohalarda hamon murakkab va korruptsiya eng ko‘p tarqalgan holatlardan biri. Islohotlar o‘tkazilayotganiga qaramasdan sog‘liqni saqlash tizimi ahvoli havas qiladigan emas. Bu albatta, ruhiy davolashni qayta uyg‘onishiga turtki bo‘lsada, u keng miqyosda olganda, milliy an‘analarga ortiqcha baho sifatida qaralishi kerak.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.