Teri saratoniga qarshi dori sinovi

Image copyright d

Teri saratoniga qarshi ikki xalqaro sinov natijalari “umidbaxsh” ekanligi bildirilgan.

Ikkala sinalgan dori inson immunitet tizimini shishlarga qarshi ishga soladi.

Sinov natijalari Chikagoda Amerika Onkologiya Jamiyati yig‘ilishida e‘lon etilgan.

Pembrolizumab va nivolumab degan dorilar teri saratoni tug‘diruvchi xujayralarning immun tizimidan berkinishiga qarshi mo‘ljallangan.

Ma‘lumki, teri saratoni eng og‘ir kechuvchi saratonlardan deb hisoblanadi.

Bu vaqtga qadar teri saratoniga chaliganlarning umrguzaronligi o‘rta hisobda olti oydan oshmagan.

Umidbaxsh natijalar

411 sinovga tutilgan bemorning 69% pembrolizumab qo‘llaganidan keyin kamida bir yil yashagan.

Londondagi Royal Free kasalxonasining shifokori David Chaoning aytishicha pembrolizumab saraton kasalliklarini davolashda yo‘l ochadi.

Uning qaramog‘idagi bemorlardan biri 64 yashar o‘tgan oktyabr oyida beri har uch hafta davomida pembrolizumab ila emlanmoqda.

Davolash boshlanishidan burun u zo‘rg‘a yura olardi, saraton uning o‘pkasiga o‘tib nafasini qisardi.

Endi esa u bog‘dorchiligu, do‘konlarga chiqib oddiy hayot kechirmoqda.

Uning o‘pkasining skani yuqoridagi suratda ko‘rsatilgandek shishlardan deyarli tozalangan.

Boshqa dorilar

Ikkinchi dori nivolumab esa sinovlarda avvallari kashf etilgan ipilimumab bilan birgalikda qo‘llanilgan.

53 bemor orasida o‘tkazilgan sinovda birinchi yil tirik qolganlar soni 85%, ikkinchi yil esa 79% bo‘lgan.

Biroq shifokorlar sinov natijalariga ehtiyotkorlik bilan yondoshishga undashmoqda. Chop etilgan natijalar sinovning birinchi pallasidir.

Hozirda Britaniya kasalxonalarida bu xalqaro sinovning uchinchi pallasi davom etmoqda.

Bir yildan so‘ng bu sinovning to‘liq natijalari e‘lon etilgach shifokorlar ushbu dorilarning muolaja qudrati haqida aniq-taniq aytishga muvaffaq bo‘lishadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.