Ixtirochi olimlar, tadbirkor ayollar

Image caption Uzwebiston xabarlari

"Halq so‘zi" ro‘znomasining xabar berishicha Urganch davlat universitetining olimlari yoz faslida turarjoy va ofis binolarni noan‘anaviy usulda sovitish texnologiyasini yaratishgan.

Bu uslubga ko‘ra, havo harorati mo‘‘tadilligini ta‘minlash uchun 15 daraja atrofidagi yer osti suvlari nasoslar yordamida tortilib ishlatiladi.

Bu suvlardan maxsus qurilma yordamida havoni 20-25 daraja qadar sovitishda foydalanilgach, ular sug‘orish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Britaniyaning O‘zbekistondagi elchiligi xabariga ko‘ra Nukusda "Tadbirkor ayollar" nomi ostida haftalik ochilgan.

Britan elchiligi ko‘magida uyushtirilgan bu haftalik davomida 100dan ortiq kichik va o‘rta biznes sohasida band bo‘lgan Qoraqalpoqstonlik tadbirkor ayol bir qator ta‘limiy tadbirlarda ishtirok etadi.

3-5 iyun kunlari bir nechto master-klass, hamda britaniyalik korxonalarda ish yuritayotgan menejer ayollar bilan davra suhbatlari o‘tkaziladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002