Turkiy xalqlar birligi-xayolmi yo haqiqat?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright Turkish president web site

Turkiyaning Bodrum shahrida Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar rahbarlarining ikki kunli sammiti nihoyasiga yetgan.

Turkiya Prezidenti Abdulloh Gul mezbonlik qilgan oliymaqom uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari ishtirok etishgan.

Prezidentlar aniq loyihalar doirasida siyosiy va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishga kelishganlar.

Uchrashuvda shuningdek, mushtarak tarix kitobi va umumturk alifbosini yaratish masalalari ham muhokama etilgan.

Bu Turk Dunyosi Hamkorlik Kengashining to‘rtinchi sammitidir.

O‘zbekiston Kengashga a‘zo bo‘lmagan va turkiy davlatlar ishtirokidagi tuzilmalarda ishtirok etmaydi.

Prezident Karimov Turk dunyosi rahbarlarining sammitlarini e‘tibordan chetda qoldirib keladi.

"Ramziy" birlik

Turk Dunyosi Hamkorlik Kengashiga a‘zo bo‘lgan Qozog‘iston o‘tgan oy Rossiya boshchiligidagi Ovrosiyo Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan, Qirg‘iziston esa Bojxona Ittifoqiga qo‘shilishi arafasida.

Har ikki davlat Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini ma‘qullashgan.

Rossiya gaziga qaram bo‘lgan Turkiya esa Qrim tatarlarining qonuniy haqlarini ta‘minlashga chaqirib keladi.

Ammo Qrim masalasidagi farqlilik prezidentlarning Bodrumdagi sammitda turkiy xalqlar birligi haqida gapirishlariga xalaqit bermagan.

Bir-biridan farqli tashqi siyosat olib borayotgan va iqtisodiy ittifoqlar ichida bo‘lgan davlatlar o‘rtasida birlik bo‘lishi mumkinmi?.

Hozirda Istanbulda yashayotgan taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning BBCga aytishicha, Turk dunyosi rahbarlarining uchrashuvlari qanchalik ramziy bo‘lmasin, ularning ahamiyatini inkor qilib bo‘lmaydi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.