Yirik Yettilik: Rossiya Kiyev bilan muloqotga borishi shart

Image copyright Reuters

Yirik Yettilik liderlari Rossiyani Ukraina sharqidagi inqirozni bartaraf etish uchun Kiyevdagi yangi rahbariyat bilan muzokaralar boshlashga da‘vat qilgan.

AQSh prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron Moskva Petro Poroshenkoni yangi prezident o‘laroq tan olishi shart deb urg‘ulashgan.

Yirik Yettilik davlatlarining rahbarlari Bryusseldagi sammitda Poroshenko janoblarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ular shuningdek, Kiyev tomonidan mamlakat sharqida barqarorlikni tiklashga doir harakatlarni "Ukrainaning konstitutsion huquqi" deya dastaklashgan.

Yirik Yettilik rahbarlari Rossiyani Ukraina ishlariga aralashishni to‘xtatib, mamlakat sharqidagi vaziyatni yumshatish tomon qadam tashlashga chaqirganlar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ovro‘po davlatlari rahbarlari, ular orasida Devid Kameron bilan yakkama-yakka uchrashishi kutilmoqda.

Ammo AQSh prezidenti Barak Obama bilan Rossiya rahbarining uchrashuvi rejalanmagan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002

Agar matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.