15 soniyada 30 qavat ko‘tarilgan lift

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Chilida bir kishi o‘zi yashab turgan uy liftidagi nosozlik tufayli jiddiy jarohatlangan.

Xose Vergara 15 soniyada 30 qavat ko‘tarilgan.

Xavfsizlik kameralari uning liftga chiqayotgani va lift eshigining odatiy yopilayotganini qayd etgan.

Ammo bir necha soniyadan so‘ng eshiklar ochilib, Vergara qavatlardan yashindek ko‘tarila boshlaydi.

Uning jon talvasasida tugmachalarni bosayotganini ham ko‘rish mumkin.

Lift alal-oqibat tomga borib urilgan.

Qutqaruvchilarga ko‘ra, Vergara liftda boshi va oyog‘idan jarohatlangan alfozda topilgan.

U yaqindagi shifoxonaga olib borilgan va ahvoli hali ham jiddiy ekani aytiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002