Jahon Chempionati 2014: "Oltin gol", kartochka va boshqa kashfiyotlar

Sariq kartalar Image copyright bbc
Image caption Sariq va qizil kartochkalar 1970 yildan buyon qo‘llanialadi

Bu Jahon Chempionatida ilk bor gol chizig‘i texnologiyasi va aerozol purkagichlardan foydalanilmoqda.

Fransa milliy jamoasi gol chizig‘i texnologiyasi foydasidan Honduras bilan bo‘lgan bellashuvida bahramand bo‘ldi, ayeerozol chiziqlari esa erkin hakamlarga o‘yinchilarni 9 metr masofada ushlab turish imkonini yaratdi.

Jahon Chempionatlari yana qanday kashfiyotlarga guvoh bo‘lgan? Bu kashfiyotlarning bari muvaffaqiyat qozondimi?

Sariq va qizil kartochkalar (1970 yil)

Hushtak, qizil va sariq kartochkalarni ingliz hakami Ken Ashton kashf etgan. Bu kashfiyotga Ken Ashtonning 1962 yilgi Jahon Chempionatida Chili va Italiya o‘rtasidagi o‘ta qo‘pol o‘yin sabab bo‘lgandi.

Ashtonga Angliyada 1966 yili bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati hakamlariga rahbarlik qilish vazifasi topshirilgan edi.

O‘shanda Angliya va Argentina o‘rtasida kechgan chorak final uchrashuvi chog‘ida qizil kartochka olgan Argentinalik himoyachi Antonio Rattin maydonni tark etishdan bosh tortgandi.

Ashton aqliga yangi kashfiyot u London ko‘chalari bo‘ylab mashina haydab borayotgan payti kelgan.

Londonning Kengsington mavzesida hakam svetofor ranglariga e‘tibor qaratadi.

"Sariq rang ogohlantiradi, qizil rangda yurish taqiqlanadi"

Shunday qilib qizil va sariq kartochkalar 1970 yilgi Jahon Chempionatida rasman kuchga kirgan va ko‘p o‘tmay barcha mamlakatlarda e‘tirof etilgandi.

O‘shandan keyin o‘xshash tartiblar boshqa sport turlarida ham paydo bo‘la boshlagan.

Zahira o‘yinchilari (1970 yil)

1966 yilgi Jahon Chempionati finalida Angliya hujumchisi Jef Xurst uchta gol urar ekan avvalgi matchlarda Xurstning o‘rniga to‘p surgan Jimi Greyvs final uchrashuvini muxlislar orasida tomosha qilgandi.

Chunki 1970 yilgi Jahon Chempionatiga qadar match paytida o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat bo‘lmagan.

1970 yilgi Jahon Chempionatida Sovet Ittifoqi o‘yinchisi Anatoliy Puzach tarixga zahiradan maydonga tushgan ilk futbolchi bo‘lish sharafiga noil bo‘lgan.

1990 yilga qadar jamoalarga zahirada hammasi bo‘lib beshta o‘yinchiga ega bo‘lish va ulardan faqat ikkitasini o‘yinga kiritish haqqi bo‘lgan.

Ammo 1994 yildan buyon zahiradagi barcha o‘yinchilarga maydonga tushish huquqi berilgan.

Aynan o‘sha yildan boshlab jamoalar zahiradagi uchta o‘yinchini maydonga chiqarish huquqi bor.

"Oltin gol" (1998-2002 yillar)

Qo‘shimcha vaqtda urilgan gol – "oltin gol" nomini oldi.

1993 yilda ilk bor Angliya futbol federatsiyasi "oltin gol"ni kichik turnirlarda qo‘lay boshladi. 1996 va 2000 yillarda bo‘lib o‘tgan Ovro‘po Chempionati finallari va 2001 yilgi UEFA Kubogi finali taqdiri ham "oltin gol" bilan ham bo‘lgan.

Ikki Jahon Chempionatining to‘rtta bellashuvi natijasi ham "oltin gol" bilan aniqlangan.

Biroq, futbol sharhlovchilari fikriga ko‘ra, "oltin gol" futbolni targ‘ib etish o‘rniga aks natija berdi.

Pley off bosqichiga chiqqan jamoalar gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqib, himoyaga zo‘r bera boshlashdi.

Shu sabab, 2004 yilgi Ovro‘po Chempionatidan keyin FIFA "oltin gol" ananasini davom ettirmaslikka qaror qildi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002