Temur To‘raboyev: birgina "oy" so‘zi ustida olti oy izlandim

Faqat "T" harfi bilan boshlanadigan so‘zlardan "Teorema" romanini yozgan yozuvchi Temur To‘raboyev bilan suhbat.

Bir harfdan boshlanuvchi so‘zlardan O‘zbek tilida roman shaklidagi badiiy asar birinchi bor kuzatilmoqda.

Adib o‘zining birinchi romanini tugatganini ma‘lum qilgan.

Temur To‘raboyev hammasi bo‘lib to‘rtta roman yozishni niyat qilgan.

Yozuvchi asarida "T" harfi bilan boshlangan 1571 ta so‘zni 15146 marta ishlatgan.

Professor Suyun Karimov shunday yozgan:

"O‘zbek tilining izohli lug‘ati besh jildligini olib qarsak, unda "t" tovushi bilan boshlanuvchi 2684 ta so‘zga duch keldik. Bu yerda gap so‘zlar nisbatining teng kelgan-kelmaganligida emas. Muallif ona tilimizdagi "t" bilan boshlanuvchi lug‘atdagi barcha so‘zlardan foydalanmagani aniq. Aslida, bu muallifning vazifasiga kirmaydi ham. Unda gap nimada? Gap muallifning mavjud so‘zlardan qanday foydalanganligida, ularning badiiy-estetik imkoniyatlarini qay darajada yuzaga chiqara olganligida. Ayni paytda, "izohli lug‘at"da uchramagan so‘zlarni qadimgi tilimizdan, shevalarimizdan olib, ularni badiiyat maydoniga dadil olib kirganligida va ularga ham ma‘lum ma‘noda badiiy-estetik vazifa yuklay olganligida", deb yozadi Suyun Karimov.

BBC bilan suhbatda Temur To‘raboyev "kechasi osmonga oy chiqdi" degan gapni faqat "T" harfi bilan ifodalash maqsadida olti oy izlanganini aytdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002