Ijtimoiy minbar: Mahalliychilikning ildizlari qayerda?

Image caption O‘zbekistonda erkin saylovlar yo‘qligi bois mahalliy klanlarning til topishishi muhim sanaladi

Toshkentlik bloggerimiz Usmon Tegirmonchining yozishicha, so‘nggi paytlarda poytaxt bozorlarida viloyatlardan kelgan tujjorlar bilan mahalliy savdogarlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuvlar ko‘paygan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bir qarashda maishiydek ko‘ringan bu kabi janjallar aslida o‘zbek jamiyatida chuqurroq ildiz otgan muammo-mahalliychilikka borib taqaladi.

O‘zbekistonda mahalliychilik ochiq muhokama qilinmaydi va mamlakat Jinoyat Kodeksida mahalliychilik uchun jazo belgilanmagan.

Ammo mahalliychilik ijtimoiy munosabatlarda muhim o‘rin tutishi va davlat tizimlari hamda boshqaruv institutlariga chuqur kirib borganini hech kim savol ostiga olmaydi.

So‘nggi yillarda o‘zbek jurnalistlari davlat matbuoti, xususan, televideniyedagi mahalliychilikdan shikoyat qilishgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, hokimiyat merosxo‘rligi masalasi dolzarb bo‘lgan O‘zbekistonda erkin saylovlar bo‘lmagani bois siyosiy barqarorlik ko‘p jihatdan mahalliy klanlarning o‘zaro til topishishlariga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Mavzu muhokamasi Facebook dagi BBC Uzbek sahifasida.

Siz yashab turgan hudud, o‘qish yoki ish joyingizda mahalliychilik bormi?.

O‘zbek jamiyatida mahalliychilik qanchalik ildiz otgan, deb hisoblaysiz?.

Mahalliychilik qonun yo‘li bilan taqiqlanishi va jazolanishi kerakmi?.

Sharhlaringizni Facebook dagi BBC Uzbek sahifasida qoldiring.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002