Davlat idora-tashkilotlarining xodimlari majburiy chopiqqa chiqarilayapti

Shu kecha-kunduzda O‘zbekiston paxta dalalarida g‘o‘za chopig‘i davom etmoqda, joylardan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, byudjet idora-tashkilotlarining xodimlari yoppasiga tekin chopiq ishlariga jalb qilinganlar.

Bu AQSh Davlat departamentining kuni-kecha e‘lon qilgan zamonaviy qullikka bag‘ishlangan hisobotida ta‘kidlangan O‘zbekiston hukumati o‘z xalqini qullikka solayotgani haqidagi bayonotni bir ma‘noda tasdiqlaydi.

Jizzax viloyatidagi ahvol haqida inson xaqlari faoli O‘ktam Pardayev shunday deydi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Paxta O‘zbekiston uchun strategik mahsulot hisoblanadi, biroq O‘zbekiston hukumati paxta va don yetishtirishni erkinlashtirish haqidagi chaqiriqlarni rad etib keladi.

Qashqadaryolik faol Nodir Ahadov fikricha, arzon paxta yetishtirish istagi davlat idora-tashkilotlarining xodimlarini majburiy mehnatga olib chiqadigan asosiy omildir.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002