Ijtimoiy minbar: O‘zbek jamiyatida mahalliychilik qanchalik ildiz otgan?

Image copyright Getty
Image caption "Inson o‘zini eng avvalo O‘zbekiston fuqarosi deb his qilishi lozim"

Toshkentlik bloggerimiz Usmon Tegirmonchining yozishicha, so‘nggi paytlarda poytaxt bozorlarida viloyatlardan kelgan tujjorlar bilan mahalliy savdogarlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuvlar ko‘paygan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bir qarashda maishiydek ko‘ringan bu kabi janjallar aslida o‘zbek jamiyatida chuqurroq ildiz otgan muammo-mahalliychilikka borib taqaladi.

O‘zbekistonda mahalliychilik ochiq muhokama qilinmaydi va mamlakat Jinoyat Kodeksida mahalliychilik uchun jazo belgilanmagan.

Ammo mahalliychilik ijtimoiy munosabatlarda muhim o‘rin tutishi va davlat tizimlari hamda boshqaruv institutlariga chuqur kirib borganini hech kim savol ostiga olmaydi.

So‘nggi yillarda o‘zbek jurnalistlari davlat matbuoti, xususan, televideniyedagi mahalliychilikdan shikoyat qilishgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, hokimiyat merosxo‘rligi masalasi dolzarb bo‘lgan O‘zbekistonda erkin saylovlar bo‘lmagani bois siyosiy barqarorlik ko‘p jihatdan mahalliy klanlarning o‘zaro til topishishlariga bog‘liq bo‘lib qoladi.

O‘zbek jamiyatida mahalliychilik qanchalik ildiz otgan, deb hisoblaysiz?

Mahalliychilik qonun yo‘li bilan taqiqlanishi va jazolanishi kerakmi?

Mavzu muhokamasi Facebook dagi BBC Uzbek sahifasida:

Farghona Axborot: O‘zbekistonda mahalliychilik maktabdayoq boshlanadi. Bolalar ko‘chasiga, mahallasiga qarab birlashadilar. Keyin bu illat institutlarda davom etadi. Mahalliychilikning xunuk shakllarini institutda o‘qib yurgan kezimizda studentlarning FAN (Farg‘ona, Andijon, Namangan) va Surqash (Surxondaryo, Qashqadaryo) bo‘lib bo‘linganlarini, bir-birlarining ustiga yurish qilganlarining ustida o‘zim ham bo‘lganman. Ayni paytda viloyat markazlari bo‘lgan shaharlardagi deyarli barcha tashkilot va muassasalarda shaharliklar va rayonliklarga bo‘linishlar mavjud. Qaysidir rayon vakillari ko‘proq, boshqasiniki ozroq. IIV tuzilmalarida ham huddi shunaqa narsalarn kuzatish mumkin. Albatta mahalliychilikni illat deb sanayman, chunki yuqori lavozimga iqtidorli inson munosib topilmay, hamshahar, elat, hamqishloqlar "qo‘yiladi". Bu esa chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, davlat manfaatlariga futur yetkazishning o‘zginasi. Albatta bu illatni yo‘q qilish zarur. Bu yerda sharh qoldirayotgan munozara ishtirokchilari mahalliychilikni yo‘q qilish bo‘yicha qandaydir konstruktiv takliflarni berishlariga ishonchim komil...

Abdujalil Boymatov: Millatlarning shakllanishi kapitalizm bilan bog'liq. Tarihda 17-asrda Gollandiya va Angliyada yollanma mehnatning keng tarqalishi bilan kapitalistik munosabatlar rivojlanib burjua inqiloblari ro'y berdi. Kapitalistlar uchun bozor kerak. Bozor qancha katta bo'lsa shuncha yaxshi. Kapitalizm mahalliychilikka barham beradi. O'zbekistonda kapitalistik munosobatlar SSSR parchalangandan keyin rivojlana boshladi. Dunyo bo'ylab globallashuv jarayoni ketmoqda. Kapitalistik munosobatlarning rivojlanishi bilan O'zbekistonda ham mahalliychilikning roli kamayib boradi. 23 yil davomida mahalliychilik ancha kamaydi deb o'ylayman.

Umida Ahmedova: Abdujalil avval maxalliychilik bo‘lmaganmidi? Meni ukam Armiyada xizmat qilib yurganda (sovet davrida) "O‘rislar xafa qilishmayaptimi?" deb yozganimda "Be, opa, biz xorazmliklar bilan ko‘p urishamiz", deb javob qaytargan edi.

BBC Uzbek: "Inson o‘zini eng avval O‘zbekiston fuqarosi, shundan keyingina xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysining aholisi deb his qilishi lozim". Islom Karimov.

Maxsud Abdujabbarov: Velikiye slova Vot tolko posol Uzbekistana v RF vot eto yemu by znat

Latofat Toychiyeva: Togrii avvalo uzbekligini anglawi lozim

Olima Nabieva: Aslida mahalliychilik hamma joyda bor. Lekin ular jamiyat va davlat boshqaruvining qaysi qatlamlarida va qay shaklda ko‘rinadi, shunisi muhim. Masalan, Shveytsariyada tsyurixliklar va bazelliklar o‘rtasidagi mahalliychilik nizolari maishiy masalalarda ko‘rinadi.

Chunga Changa: Gilam sotsang kushninga sot, bir chetida uzing xam utirasan. Xalkimizni konida bor bu narsa. Konun ostiga olib bulmaydi. Jinoyat yoki xukukbuzarlik tarkibi yuk.

Umida Ahmedova: Bir kuni Toshkentda ikkita kizni suxbatini eshitib koldim "vay, kishloki ekanmi, vay..."-))) Rosa xayron kolgandim ushanda. Maxaliychilik afsus uzbeklarni kon-koniga singib ketgan.

Namoz Normumin: O‘zbekistondagi totalitar rejim barcha muammolar kabi vatanimizdagi millatchilik va mahalliychilik kabi qadimiy va doimiy muammolarning ustini yopib kelmoqda. Ammo bu "yopish" bu muammolarning hal bo‘lgani ma‘nosiga ham kelmasligi kerak. Aksincha bu yaralar qanchalar yashirinss shunchalik gazaklab bormoqdalar. Interning ijtimoiy tarmoqlarida Qoraqalpog‘iitonliklarning O‘zbekistonda ayrilishi, tojik aholi sonining respublika aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qilishi haqida jamiyatni va davlatni bo‘lib tashlashga qaratilgan ig‘vo mohiyatidagi xabarlar tarqatilmoqda. Boshqa tomondan hokimiyatning oliy tarmoqlarida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona vodiysi klanlarining o‘zaro kurash olib borayotgani ham jamoatchilikka sir emas. Albatta bularning barchasi yuqorida aytilgani kabi totalitar rejimning aholiga barcha sohalarda tazyiq o‘tkazishining, jamiyatda inson huquqlariga rioya va oshkoralikka rioya qilinmasligigining, matbuot va so‘z erkinligi tamoman tsenzura qilishining, aholining ilmiy va imoniy darajasining istalgan darajada emasligi natijasidir. Bu diktatoroik rejimining o‘rniga moddiy va ma‘naviy qadriyatlarinng mutanosibligini ta‘minlaydigan, jamiyat va davlat hayotida qonun qa huquqning ustunligini ta‘minlaydigan, shaxslarga barcha sohalarda huquqlar, tadbirkorlik va tijorat erkinligi beradigan, turli millat va ayni qavmga oid barcha mahalliy va qabilaviy vakillarning tinch-totuv yashashini ta‘minlaydigan yangi jamiyat qurilishi shartdir.

Izzatilla Rakhmatillaev: O‘zbekiston buyicha biror narsa deya olmayman. Biroq Qirg‘izistonni kelajakda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, millatchilik barbod qiladi, deb uylayman. Sababi qirg‘iz jamiyatida men yuqorida yozgan narsalar keng tarqalgan. Bu uch faktor davlat tomiriga bolta uradi.

Olima Nabieva: Kuzatishimcha, g‘arb mamlakatlaridagi mahalliychilik maishiy hayotdagi kundalik masalalarda aks etadi. O‘zbekistonda esa ko‘pchilik talabalik yillaridagi mahalliychilikdan gapiradi. Lekin, nazarimda 90- yillarning boshida mahalliychilik 70-80- yillardagiga nisbatan biroz kamayganday edi. Bu menimcha, o‘sha yillarda juda dolzarb yagona milliy g‘oya - mustaqillik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Akbarjon Sirojiddinov: Mahalliychilikning kelib chikishi sababi nimada? Bu borada ekspert emasman, lekin uylashimcha, insonlarning turmush tarzi, dunekarashi, u yeki bu narsaga munosabati va xokazolardagi farklanishi bilan boglik. Misol uchun, xozir eslab karasam, bir kishlok bilan ikkinchi kishlok xam uzaro chikisha olmas edi, bolaligimda. (Xozir xam shunday bulsa kerak.) Chunki men yashagan kishlok bolalari bilan atigi yarim chakirim naridagi kishlok bolalari urtasida yaxshigina tafovut bor edi, nazarimda. Keyinchalik Toshkentda o‘qigan paytlarimda boshka viloyatlardagi yeshlar bilan urtamizdagi tafovut yanada kattarok ekanini kurdim. Uz-uzidan dunekarashida uygunlik bulganlar bir-biri bilan yakinlasha boshlaydi. Shu zaylda maxalliychilik kelib chikadi.

Akbarjon Sirojiddinov: Endi buni yukotish uchun nima kilish kerak? Bu juda mushkul ish. Buning uchun agar Uzbekistonga boshka yurtlardan boshka millat vakillari ming-minglab kelib, uzbeklar ichiga aralashib ketsa, bir viloyat bilan boshka viloyat axolisi xam bir-birlari bilan kiz olib, kiz berib aralashsa, yana ommaviy axborot vositalarida bu masalalar ochik-oydin kutarilib, nuksonlari kursatilsa, balki ijobiy tomonga uzgarishlar bular...

Sharhlaringizni Facebook dagi BBC Uzbek sahifasida qoldiring.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002