Sudanlik ayol endi hujjati noqonuniy deb ushlangan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq Sudan mahkamasi ozod qilgan Mariyam Ibrohim 24 iyun kuni poytaxt Xartum aeroportida hibsga olingan.

Mariya Ibrohim Islom dinidan voz kechish va nasroniy erkakka turmushga chiqishda aybdor deb topilib Sudan mahkamasi tomonidan o‘lim jazosiga hukm etilgan.

Xalqaro bosimlar ortidan uni ozod qilishga qaror qilingan edi.

Advokati xabar qilishicha, Mariyam Ibrohim eri va ikki farzandi bilan Sudandan chiqib ketayotgan payti uning nomiga berilgan, AQSh vizasi qo‘yilgan Janubiy Sudan pasporti noqonuniy deb topilgan va uhibs qilingan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002