Luis Suarez to‘rt oyga futboldan chetlatildi

Image copyright AFP
Image caption Luiz Suarez dunyoning eng yorqin futbol yulduzlaridan hisoblanadi

FIFA Urugvay terma jamoasining hujumchisi Luis Suarezni to‘rt oyga futboldan chetlatgan.

FIFAning bunday qarorni olishiga, Braziliyada o‘tayotgan jahon chempionatida Suarezning raqib jamoa o‘yinchisini tishlab olishi sabab bo‘lgan.

"D" guruhida Italiya va Urugvay o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida Luis Suarez Italiya himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab olgan, biroq bu hodisaga hakam e‘tibor qaratmagandi.

FIFA mustaqil qo‘mitasi Suarezni aybdor deb topishi ortidan, unga nisbatan jazo chorasini qo‘llagan.

Suarez shuningdek to‘qqizta xalqaro uchrashuvda o‘ynash huquqiga ega bo‘lmaydi.

Bu amalda Urugvay hujumchisining Jahon Chempionati bilan muddatidan oldin xayrlashishini anglatadi.

Italiyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Urugvay "D" guruhida ikkinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqqan.

Urugvayliklar shanba kuni "C" guruhi g‘olibi Kolumbiya jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002