Qamoqdan chiqarilgan huquq faoli Abdurasul Xudoynazarov vafot etdi

O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun ertalab jamiyat faoli Abdurasul Xudoynazarov ozodlikka chiqarilishidan 25 kun o‘tib vafot etgan.

Abdurasul Xudoynazarov jigar saratoni, o‘tkir o‘pka sili va adenoma xastaligining so‘nggi bosqichi bilan og‘riyotgandi.

Xuquqbon 2006 yil iyunida tovlamachilik, firibgarlik va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanib hibsga olingan va ko‘p o‘tmay to‘qqiz yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Hamkasblari Xudoynazarov huquq-tartibot idoralaridagi korruptsiyaga qarshi faol kurashgani uchun jazolanganini aytishadi.

Abdurasul Xudoynazarov "Ezgulik" inson haqlari jamiyatining Toshkent viloyat bo‘limi faoli sifatida O‘zbekistondagi huquqni himoya qilish idoralarida "ildiz otgan korruptsiya"ga qarshi kurashgan.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, aynan marhum hamkasblarining ma‘lumotlari asosida bir qancha mahalliy prokuror va militsiya xodimlari ishdan ketishgan.

Faollarning aytishicha, adolatparvar inson huquqlari jonkuyari Xudoynazarovning faoliyati g‘ashiga tekkan xavfsizlik xodimlari unga qarshi zimdan harakatni boshlashgan.

Militsiya xodimlari 2005 yil 26 iyunda Xudoynazarovni soxta ayblovlar bilan hibsga olishga erishadilar.

2006 yil 12 yanvarda esa mahkama tomonidan huquq faolini 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqariladi.

Qamoqxonada Xudoynazarovga nisbatan qiynoq va bosimlar davom etgani aytiladi.

Qiynoqlarga qarshi norozilik bildirgan huquq faoli Bektemirdagi qamoqxonada 10 kunlik ochlik e‘lon qiladi.

Biroq ochlikni tugatgach, u qamoqxona tartibini buzganlikda ayblanib, yana jazo izolyatoriga tashlanadi.

Qamoqxonada salomatligini yo‘qotgan va og‘ir dardlarga chalingan Xudoynazarov o‘ziga lozim tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerakligini ko‘p marotaba talab qilganiga qaramasdan, O‘zbekiston hukumatining huquq-tartibot organlari uning ahvoliga e‘tibor qaratishni istamagani ma‘lum.

Ahvoli o‘ta og‘irlashgandan so‘nggina, 2014 yil may oyida Xudoynazarov ozodlikka chiqarildi.

Bundan roppa rosa 20 kun avval BBC bilan suhbatda Abdurasul Xudoynazarov og‘ir xastalikni qamoqxonada orttirganini aytgandi.

Marhum jumladan shunday degandi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002