Ukraina bir tomonlama otashkesimni davom ettirmadi

Image copyright .

Ukraina sharqida rossiyaparast bo‘lginchilarga qarshi to‘laqonli harbiy amaliyotlar boshlangani xabar qilingan.

Ukraina rasmiylari xabar qilishlaricha, rossiyaparast jangarilarning bazalari uchoqlar va zambaraklardan hujumga tutilgan.

Ukraina parlamenti spikeri Oleksandr Turchinov parlament a‘zolariga keng miqyosli harbiy amaliyotlar boshlangani haqida aytgan.

"Men sizlarni bugun ertalab akilterror amaliyotlarining aktiv bosqichi qayta boshlanganidan xabardor qilmoqchiman. Bizning qurolli kuchlarimiz terrorchilarning bazalari va tekshirish nuqtalariga hujum qilmoqda", deb aytgan Oleksandr Turchinov.

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko e‘lon qilgan 10 kunlik bir tomonlama otashkesim muddati 1 iyul tongida nihoyasiga yetgan.

30 iyun kuni tunda Ukraina Xavfsizlik Kengashi majlisidan keyin Prezident Poroshenko o‘t ochishni to‘xtatishni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Prezident Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyati rossiyaparast qurollilarning "jinoiy amallari" tufayli boy berilgan.

"Biz hujum qilamiz va o‘zimizning yerimizni ozod qilamiz. Otashkesimni davom ettirmaslik - bizning terrorchilarga, jangarilarga, talon-taroj qiluvchilarga, tinch aholini tahqirlayotganlar, mintaqa iqtisodini izdan chiqarayotganlar, maoshlar, pensiyalar, stipendiyalarni kechiktirayotganlar, temir yo‘llarni portlatayotganlar, suv quvurlari tizimini ishdan chiqarayotganlar, odamlarni kundalik hayotidan mahrum qilgan odamlarga bizning javobimiz", deb aytgan Prezident Pyotr Poroshenko.

Ham Ukraina hukumati va ham rossiyaparast bo‘lginchilar bir-birlarini otashkesimni buzishda ayblaganlar.

10 kunlik otashkesim kunlari ham qurbonlar bo‘ldi.

30 iyun kuni Rossiyaning "Birinchi kanali" operatori Anatoliy Klyan halok bo‘lgan.

1 iyul kuni Rossiyaning "Mir 24" telekanalining tasvirga olish guruhi o‘qqa tutilgani oqibatida haydovchi halok bo‘lgan.

Ukraina sharqida biz necha yuz inson o‘limiga olib kelgan mojaroni Rossiya boshqarayapti, deydi.

Moskva Ukraina sharqida mustaqil davlat tuzish harakatlarida o‘zining aloqasi borligini rad etadi, bo‘layotgan voqealarni xalq qo‘zg‘oloni deb ataydi.

Ukraina qurolli kuchlarining sharqiy hududlarda o‘tkazayotgan amaliyotlarini "jazolash amaliyotlari" deb nomlaydi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002