Ijtimoiy minbar: Karimov bergan va‘dalarining ustidan chiqdimi?

Shu hafta O‘zbekistonda Islom Karimov hokimiyatga kelganiga 25 yil to‘ldi.

Chorak asr tarixan qisqa, ammo O‘zbekiston uchun butun-boshli davrdir.

Bu mustaqil O‘zbekistonning tarixidan ham uzoq bir muddat.

Bu davrda Karimovdan boshqa Prezidentni ko‘rmagan butun-boshli avlod yetishib chiqdi, bu avlod Karimov shiorlari, nutq va kitoblari ta‘siri ostida ulg‘aydi.

Ammo kattaroq yoshdagilar SSSR parchalangan va mustaqillik e‘lon qilingan alg‘ov-dalg‘ov zamon, Karimov hokimiyatga kelgan ilk kunlarni yaxshi eslashadi.

Bu avlod Karimovning hokimiyatda qolish uchun bergan aniq va‘dalari, jumladan, 1991 yilda bosh barmog‘ini ko‘tarib "avgustgacha chidanglar, baraka topkurlar, avgustda hammasi "vo" bo‘ladi" va 1992 yil yanvarida, Toshkentdagi talabalar qo‘zg‘olonidan keyin aytgan "men Prezident ekanman, nonning narxi oshmaydi!" degan so‘zlarini yaxshi eslaydi.

Siz O‘zbekistonni chorak asrdan buyon boshqarayotgan Prezident Karimovning qaysi va‘dalarini eslaysiz?

Prezident ularni bajardimi?

Mavzu muhokamasi Facebook va Odnoklassniki.rudagi BBC Uzbek sahifasida.

A L I S H E R: Men bir va'dasini ustidan chiqanini bilaman. Biz birdan rivojlanmimiz, xammasiga bosqichma bosqich utamiz. Biz albatta rivojlanamiz, biz bulmasak farzandlarimiz kuradi. Allox Umirlarini uzoq qilsin deb ramozon oylarida suriyman.

Napaleon Bonapart: Ha barcha va'dalar bajarildi. Özbekiston barcha sohada yetakchilikka ötyapti. Sanoat yangi tarmoqlari, qurilishlar, özgarishlar davri böldi. "Soglom ona soglom bola dasturi" amalga oshirildi. Biz faqat paxta yetishtiruvchi davlat bölib qolmadik. Biz YUKSALDIK! Boshqalarni bizning tamoyilimizni muhokama qilishga haqqi yöq!

Isfandiyor Ixtiyor ugli: Eng kotta va'dasini bajarmadi Dodamiz. 1991-yil aytganidilar hali biza USA ga körsatib qöyamiza sömmi qadrini deb. Mana körsatdilar 1$ 3100 söm. Agar undanam qimmat bölmasa. Gap yö sizga pustoslvov Doda.

Napaleon Bonapart: 300yillik $ni 25 yilda qanday özgartirish mumkin? Hatto € yam bunga bazör turibdiyu. Sal dunyoga realni qareng. Endi va'da va'da deb gapirmengde, ustimiz but, qornimiz töq, tinchmiz asta oyoqqa turyapmizku.

Isfandiyor Ixtiyor ugli: Eeee shuyam gapmi? Qozog'izton 12 yil bizadan oldinga ötib ketgan, Turkmanistonni umuman gapirmasayam böladi. Bizada nima bövotti? 7 mln erkak Rossiyada mardikor, 1 million Özbegim qizlari BAA, MALAYZIYA, TAILAND, OZARBAYJON, ROSSIYA, QOZOG'IZTONDA foxishalik qivotti. Qani endi ösish, aytinchi, qaysi sohada ösdik biza? Qozog'izton bilan Turkmaniston chöl joylarni butun boshli shaxarga aylantirvotti. Bizachi biza borini...

Napaleon Bonapart: E bulani niyati yosh avlodni axborot xurujlarga duchor qilish. Qaysi davlatda jajji ukalarimiz bepul Prezident sovgasi oladi, bepul örta maxsus talim oladi? Bular sanoqli va bu davlatlar sirasiga kirganimizdan xursandman.

To‘lqin Qorayev: Prezidentimizning bitta va‘dasi yodimda qolgan: "Avgustgacha kutinglar, hammasi "Vo!" bo‘ladi!"

Iskandar Karimkulov: Manga qosa yana Karimovga ovoz berardim. Chunki siyosati kuchli qoil qolishlik. Terroristlar Karimov borligi uchun O'zbekistonda isyon kotargani yuragi dosh bermaydi. O'rniga boshqasi bo'sa bilmadim nimalar bolarkin?

Odnoklassnikidagi Sεƙιηrσσ qฉrฉ σσ sενιδ qσλฉsฉη: BBC Uzbekdagilar sizlar faqat O'zbekistonni minus jihatlarini yozasilar, nega? Nega yangilanishlar, texnologiyalar, bunyotkorlik va boshqa yutuqlar xaqida BIRORTAXAM MAVZU YO'Q? YOKI SIZLARAM O'ZBEKISTONNI KO'ROLMAYDIGANLARDANMISILAR?!

Munavvar Qodirova: Yurtimiz hammadan tinch, osoyishta, ko‘rkam. Qornimiz to‘q ortig‘i bilan. Ustimiz but. Hammadan yaxshimiz. Shuni o‘zi eng asosiy emasmu inson xayoti uchun?

Xabibullo Kamalov: Prezidentni yomonotlik qilmoqchi bo‘lganlar vaqti kelsa 5-6 kishidan iborat oilasini boshqara olmaydiyu, Prezidentni gapirishni biladi! Oldin u inson qilgan ishni 100 dan 1 ini qoyillatvolishsin, keyin gapirsa yarashadi! O‘zbekistonimizga ko‘z tegmasin.

Madina Salibayeva: Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa podshohni izzat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir.

Abdulbosit Rasulov: Öz podsholaridan norizo Liviya, Iroq aholisini qarang, xozir yaxshisini topishdimikin? Ösha QATTIQ NONLARINI XOTIRJAM YEYAYOTGANMIKINLAR? KECHASI XOTIRJAM UXLASHYOTGANMIKINLAR? Xalqimiz "Oqqan daryo oqmay qolmas", "Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo" deb bekorga aytmagan. Kelinglar yaxshiliklarni köraylik, yaxshiliklarni öylaylik. Alloh xohlasa hamma zör böladi.

Ulugbek Ashur: Karimovning bu va‘dalarini rohatini oila a‘zolari va yaqin atrofidagi mulozimlari ko‘ryapti. Oddiy xalq esa, podsho va‘da qilgan narsalar u yoqda tursin, bor yo‘g‘idan ajradi. Elektrdan, gazdan,.. Har yilning so‘ngida odamlar Karimovning og‘ziga xavotir bilan tikilishadi: Bu yilni u nima deb nomlarkin? Chunki, Karimov "Kelasi yilni obod mahalla yili deb atadim" dediyu, mahallada quloqlar ko‘paydi, mahalla raislarining ishtahasi ham ochilib ketdi. Bir yilni esa Bolalar yili deb atadi. O‘sha yildan boshlab onalarni bicha boshladilar. Karimovning "Onalar yili"da onalar o‘limi ko‘paydi. "Sog‘lom avlod yili" deganida esa meditsina xizmati narxlari oshib, chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichlari oshdi... 25 yil avval O‘zbekiston tug‘ruqxonalarida chaqaloqlar sham yorug‘ida tug‘ilarmidi? Yo‘q. To‘g‘ri, "Temir xotin" pesasidagi Qo‘chqorvoy aytmoqchi, bu sohada bir oz "progress" bor: ya‘ni sham emas, uyali telefonni yoritqichidan foydalanilayapti.

Abdulbosit Rasulov: Shu örinda hammamiz biladigan bir hikoya esimga tushdi. PODSHO xalqqa tekinga qöy tarqatibdi. ... Uniki menikidan semiz ekan. ... Manga orig'ini beribdi... EH NOSHUKUR BANDALAR!

Abutov Muhammadsolih: IAK 25 yillik boshqaruvi davomida xalqni faqat aldab keldi. Ba‘zida bilib ba‘zida bilmay bu holat davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi nobarqarorlik va dovdirash holatlariga o‘nlab guvoh bo‘lganmiz. Davlat boshqaruvidagi aniq dasturning o‘zi bo‘lmagani ham ma‘lum. 5 tamoyil shiorini o‘zi o‘rtaga tashladi va o‘zi unutdi. Men uni mast holda mashina boshqarayotgan shoferga o‘xshataman. Fuqarolar esa qachon qaysi jarga qulashini kutib o‘tirishibdi.

Mirzokir Krasaves: )))) tinchlik bulsin, Islomdan gapirganlar ham bilsinki Islom dini bu tinchlik dinidir. Qani O'zbekistonni siyosati yoqmyaptganlar yoki islomshunoslar aytsinlar Siriya Liviya va shunga uhshash musulmonlar mamlakatida nima bulyapti? Ularni siyosati zurmi? Islomi zurmi? Nima sabab musulmomlar qoni tukilmoqda? Gap shundaki Bbc ozodlik radiosiyu, urush boshlash, fitna quzgasa, musulmonlar bir birini qirsayu, - "bular" bizga yahshilik qilib qurol sotsalar yoki askarlarini olib kirsalar!!! Uzbegimda Yiliga masjidlar qurib tamirlanmoqda, Tinch namozlar uqilmoqda, nonni narhi oshsayam tuylarda patir ushatilmoqda!!! Siyosat yoqmyaptganlar- uzlarini uzgartirsinlar, oilalaridan boshlasinlar siyosatu iqtisodni. Davlat ham bu oilalardan tashkil topgan. Allohga shukr! Yurtboshimizni hayrlik ishlariga Alloh quvvat bersin!Yurtimizda tinchlik hukm suraversin!Shukr qilsak Alloh ziyodasiniyam beraveradi!qolgan "adolatpesha"larga insof bersin!!! Shu yurtda avlodlarim tuproqqa quyilganmi shu yurt man uchun muqaddas!!!Bir kun biz ham shu tuproqqa aylanamiz!

Abdulatif Khamidov: Karimov zo'r odam. Kerak bulsa uzini qizini jazoladi. Qaysi ota barchani oldida farzandini jazolaydi? Bu faqat adolatli rahbarni qulidan keladi. U ham bulsa bizni prezident I.KARIMOV buladi.

Shokirbek Sobirov: Ortigi bilan bajarganlar bobom. Sizlarga nima? Darrov burunlaringni tikasizlar hasadguylar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Matnda imlo xatosi bo‘lsa, bizga bildiring.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002