Iroq qochqinlari: "IShID isyonkorlari raqiblarini ovlamoqda"

IShID isyonkorlari sunniy bo‘lmagan va o‘zlariga qarshilarning izidan tushishgan.

Bu haqda BBCga isyonkorlar nazoratidagi shaharchalardan qochib chiqqan odamlar gapirishgan.

"Iroq va Shom Islomiy davlati" rasmiylar va askarlardan o‘tgan hafta e‘lon qilingan xalifalikka ishonch va‘dasi talab qilishgan, aksincha qatl qilish bilan tahdid qilishgan.

Inson huquqlari faollari ham IShID jangarilari Mosulda mahallama mahalla yurib, o‘zlariga qarshi odamlar va sunniy bo‘lmaganlarni nishonga olishgani haqida xabar berishgan.

Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Mosul, Tikrit va boshqa shaharlar IShID jangarilari tarafidan ishg‘ol qilinarkan, bir oy asnosida milliondan ortiq iroqliklar o‘z uylarini tashlab chiqishgan.

Aksar boshpanasiz qolganlar shialar, nasroniylar va etnik kurdlar ekani aytiladi.

Iroq va BMT rasmiylariga ko‘ra, o‘tgan iyun oyi kamida 2, 461 inson o‘ldirilgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002