Rim papasi cherkovdagi jinsiy tahqirlashlar uchun avf tiladi

Image copyright AFP

Papa Fransis katoliklar cherkovi ruhoniylari tarafidan sodir etilgan nomaqbul jinsiy amallar uchun jabrdiydalardan uzr so‘ragan.

Rim papasi vazifasiga saylanganidan beri ilk bor jabrdiydalar bilan uchrashgan.

U cherkovni mazkur jinsiy tahqirlashlarni yashirishda "ishtiroki" uchun qoralagan.

Ayni paytda Papa Fransis cherkov ruhoniylar tarafidan sodir etilgan "mashhum jinoyatlar" uchun "yig‘lashi hamda xatolarni to‘g‘rilashi" kerakligini aytgan.

U Irlandiya, Britaniya va Olmoniyadan 6 kishini Vatikandagi qarorgohida qabul qilgan.

Katoliklar cherkovi qator jinsiy tegajoqlik amallari uchun butun dunyo bo‘ylab tanqid qilib kelinadi.

Dushanba kuni bergan matbuot anjumanida Vatikan voizi va Federiko Lombardiga ko‘ra, Papa Fransis o‘z qabuliga kirgan har bir jabrdiyda bilan yarim soatdan suhbatlashganini aytgan.

Lombardining aytishicha, Rim papasi ular bilan yakshanba kungi kechki ovqat paytida ham ko‘rishgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002