UzWebiston: "Piyodalarni Toshkentdan quvib solish kerak"

O‘zbekistonlik taniqli blogger Baxtiyor Nasimov Toshkent shahridan piyodalarni quvib chiqarish taklifini ilgari surib chiqdi.

"Novosti ot Nasimova" blogida ushbu fikr nima uchun aytilayotgani sababi tushuntiriladi.

Image copyright nasimov.uz

"Toshkentdan hamma piyodalarni quvib solish kerak. Ular aslzoda avtomobillarning oliyjanob sohiblariga trotuarlarda mashinalarini qo‘yishlariga xalaqit qilishayapti. Bu piyodalar bilishmaydiki, "trotuar" degani svahili tilida yangi boylarning avtomobilini qo‘yish joyi degan ma‘noni anglatadi", deb yozadi O‘zbek blogger.

Image copyright nasimov.uz

"Qo‘rs piyodalar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy parki avtomobil qo‘yadigan joy emas, deb urib-engishlariga nima deyish mumkin? Bu piyodalar haddilaridan oshib ketdilar. Balki yaqinda ular bu joyda boylarga mashinalarini yuvishlarini ham taqiqlab qo‘yishar?"

Image copyright nasimov.uz

"Befarosat piyodalar basavlat yangi boylar trotuarlardan o‘tib qolganlarida piyoda yo‘lagining chetiga chiqib ta‘zim qilib turishni ham bilmaydilar. Bu piyodalar "trotuar" degani sanskritda yangi boylarning mashinada yuradigan joylari deganini qachon bilib olisharkin?", deyiladi "Novosti ot Nasimova" blogida.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002