Ijtimoiy minbar: O‘zbekistonda Ramazon talablarini bajarish osonmi?

O‘zbekiston xalqi ham dunyo musulmonlari qatorida muqaddas Ramazon oyini nishonlamoqda. Ko‘pchilik o‘zbekistonlik musulmonlar ham Ramazon oyining asosiy talabiga muvofiq ro‘za tutishgan.

Ammo, O‘zbekistonda ro‘za tutish naqadar oson? Ro‘za oyining jazirama issiq kunlarga to‘g‘ri kelgani, harorat ba‘zi hududlarda +45 darajadan oshgani hisobga olinsa, oziq-ovqat va suvsiz yurish naqadar oson yo qiyin?

Issiq kunlarda ro‘za tutish sog‘ligingizga qanday ta‘sir qiladi deb o‘ylaysiz?

Ayni damda, O‘zbekiston ahlining asosan musulmon bo‘lishiga qaramay, mamlakatda ibodat imkoniyatlari cheklangan.

Xususan, O‘zbekistonda hukumat rasmiylari tomonidan belgilangan jome‘ masjidlaridagina Tarovih namozini o‘qish mumkin.

Ba‘zi viloyatlarda, aytilishicha, bir guruh bo‘lib kimningdir uyida, yoki ruxsati bo‘lmagan mahalla masjidlarida Tarovih namozini o‘qish mumkin emas. Lekin, iftor bo‘layotgan uyda Tarovih namozini o‘qiy olasizmi?

Yana ayrim viloyatlarda esa, yoshlarning, xususan o‘smir bolalarning masjidlarga namoz o‘qish uchun kirishlariga cheklov qo‘yilgan. O‘tmishda maktablar va ota-onalarga bu tajribani o‘smirlar o‘rtasida cheklash ko‘rsatmasi berilgan.

Sizning hududda bunga bog‘liq vaziyat qanday?

Undan tashqari, ro‘za tutish, iftorlik va boshqa Ramazon oyi bilan bog‘liq xususiyatlar sizning ro‘zg‘oringiz va kirim-chiqimingizga qanday ta‘sir qilayapti?

Umuman, O‘zbekistonda musulmon bo‘la turib Ramazon oyi talabalarini bajararish qanchalar oson yo qiyin?

Ijtimoiy minbar ruknimizning bu safargi mavzusi aynan shu boradagi fikrlaringizga asoslanadi. Fikrlaringizni Facebook va Odnoklassniki tarmoqlaridagi sahifalarimizda qoldiring!

Shuningdek, boshqa followerlarimiz qoldirgan sharhlarga ham fikr bildirishingiz mumkin.

Seva Mir: Uzbekistonda xususan Toshkentda voyaga yetgan musulmonlar bemalol roza tutishlari mumkin xali xech kanday cheklov xakida eshitganim yuk...kiyin osonligiga kelsak, bu xar bir insonning irodasiga boglik..irodasi kuchli dini mustaxkam inson uchun roza tutish bu bayram...rozaning rozgorga ta‘siriga kelsak... kanaka ta‘siri bolishi mumkin xamma boriga shukur kilib, yetkazganiga kanoat kilib iftor kiladi manimcha...

Khamidulla Kosimov: Nma dgani bu " issiq kunlarda ruza tutiw sog'lig'ingizga qanday tasir qiladi " ? Kunlani issiqligigayam O'zbekiston hukumatini ayblarsila balki ? MUQADDAS RAMAZON OYIDA ruzador buliw insonni fariwtalaga tenglawtiradigan amal buganda kuchani issiq sovuqligi kam ahamiyatga ega !!! Ruza tutiw qanchali qiyin bulsa ajriyam wunga yarawa buladi In sha Alloh !!!

Khamidulla Kosimov: Yo tovba yozolaman db hammabbular bumas narsalani yozavurarkandee. Usmir bollani keliwi cheklaniwiga kelinsa buni Taroveh namozlarida Imomlani uzidanam ewitsa buladi bu oddiy xolat. nega ? Malumki taroveh 1.5 -2 poradan quron tuwiriladi masjidga qarab bu 1 yarim soattan 2 soatgcha vaxt oladi bu xazilakam vaxtamas wu vaxt oraligida yow bolla zerikib chalg'ib bir biri bn gaplawib atrofdi kattalani chalg'ita bowlidi wu sababdan cheklatiladi . Ln sila telada keltirib utgan holatlaga yaqin holattiyam ewitmaganman !!!

Mutabar Tadjibayeva: Men O‘zbekistondgi ayollar qamoqxonasidagi muslima mahkumalarga muborak ramazon oyida o‘tkaziladigan bosimlar haqida fikr bildirmoqchiydim.

Eng avvalo Ramazon oyi boshlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Diniy ko‘mitasidan domullolaru,otin oyilardan tashkil topgan targ‘ibot guruhi ayollar qamoqxonasiga tashrif buyurardilar.

O‘sha kazo kazo, televizor ekranidan tushmaydigan munofiqlar bilan uchrashishga qamoqxonaning qora ro‘yxatida turgan "vaxobiy"larni barchasini ishtirok etishi shart edi. O‘sha vaxobiylar ro‘yxatining boshida turgan bo‘lganim uchun meni ham majburan olib kirardilar klubga. U yerdagi domullolar va otin oyilar xukumatga malaylik qilishga shunchalik intiq edilarki, adolatsizlik qurboni bo‘lib qamoqxonalarda o‘tirgan onasi tengi, buvisi tengi ayollarga islom farz qilgan amallarni bajarmaslik gunoh emasligi haqida va‘zlar o‘qirdilar. Ular maxkumalarni ro‘za tutmaslikka, qamoqxona ichki tartib qoidasini buzib, saxarlik qilish uchun turmaslikka, og‘iz ochish baxonasi bilan uch to‘rt maxkumani bir joyda to‘planmaslikka, duoxonlik qilmaslikka da‘vat qilardilar.

Qamoqxona ma‘murlari talablariga itoat etmasdan ro‘za tutayotgan maxkumalarni ertalab saxarlik qilishlari uchun umuman imkoniyatlar qoldirishmasdi. Eng avvalo maxkumalarni barchasini, ayniqsa diniy e‘tiqodi uchun qamalgan va ro‘za tutishi aniq bo‘lgan maxkumalarni kuniga uch mahal oshxonaga kirishga va ovqat olib yeyishga majbur qilishardi. Maxkumalar oshxonaga kirardilar va go‘yoki ovqatlanayotgandek og‘izlarini qimirlatib o‘tirardilar.

Qamoqxona oshxonasidan biror bir maxkumani o‘ziga tegishli bo‘lgan buxanka non bo‘lagini olib chiqishiga ruxsat berilmasdi. Ramazon oyida ro‘za tutadigan maxkumalarni tumbochkalari, sumkalari tinimsiz tintuvdan o‘tkazilardi. Agar biror bir maxkumadan qamoqxonaning noni bo‘lagi chiqsa, bilingki shu kuni o‘sha maxkuma jazo izolyatoriga qamalardi.

Qamoqxonadagi "quloqlar"ga ham ramazon oyida kun tug‘ardi - qaysi maxkuma yarim kechasi o‘rnidan turib yashirincha saxarlik qildi, darhol arizalar uyushtirilardi, nima emish "palonchi vahobiy yarim kechasi o‘rnidan turib, nimadir qilgani sababli "quloq"ni uyqusi buzilganmish va uni taxminicha "vaxobiy" ro‘za tutganmish va ertalab turib saxarlik qilganmish.

Bu mavzuda istagancha gapirish mumkin. Afsuski harqancha gapirmang, harqancha bong urmang, bugungi kundagi ayollar qamoqxonasidagi diniy e‘tiqodi mustaxkam muslimalar har qanday tayziq va bosimlarga qaramay ramazon oyidagi amallarini bajarib ro‘za tutmoqdalar va ularga nisbatan qiynoqlar hanuzgacha bir hilda davom etmoqda.

Mohira Sultanova: Men ko'pgina hukumat ishhonalarida prezident farmoni bilan ruzador hodimlarni ish vaqti bir soatga kisqargan deb eshittim. Shu rostmi?

Iroda D'Fargona: Avvalo barcha Musulmon axlini Mukaddas - Ramazon oylari bilan tabriklayman va butun ruzadorlarga kilgan toat ibodatlarini Yaratganning Uzi kabul kilishligini tilab kolaman. Endi uz shaxsiy fikrlarimni urtoklashsam. Takdir takozosi ila Ona diyorimdan uzokda, musofirman. lekin bu xech bir vakt meni ruza tutmasligim uchun bir baxona bulmadi. Yoshligimdan barcha oila azolarimiz (karindosh-uruglarning barchasi) bu oyni intiklik bilan kutishar va albatta butun tayyorgarliklar mavsumga kura boshlanardi. Bu oyning sarf-xarajatlari boshka oylarga nisbatan biroz kuprok bular edi. Nega? Chunki, uzbekning butun tansik taomlari, bozordagi ozgina kimmatrok mevalar, mol gushti urniga "bor-e kuy gushti olib kel"lar,oxirgi xaftasida oila uluglariyu-karindoshlarga sovga olishlar bular xammasi bu ulug oyga mansub. Bu oyni Bayram sifatida karshi olardik. Saxarlik, iftorlik, jamoat-jam bulib oila erkaklarining masjidga Tarovix ukishga yunalishlariyu,kavm-karindoshlarning, kuni -kushnilarning, yoru-birodarlarning iftor takliflariga ziyorat etishlari, biz kichkintoylarning bu oy kattalar katorida ruza tutganimiz uchun ragbarlantirilishimiz,ancha-muncha shuxliklarga Ramazon - sharif xurmati kechirilishimiz, uzok muddat gina-kudratda yurganlarning yarashishini eshitish, va bunga kuvonish shu bilan birga Ramazon oyi oxirida kattalarni, uzok karindosh -uruglarni , butun kavmning birinchi Xayit kunida ota -ona uyiga borib ziyorat etish va ulardan xayitliklar (asosan pul berilardi bizda) olish, sovgalar takdim etish kabi udumlar uylaymanki xar kanday xaroratni, suvsizlikni yengib utadi. Men ana shu tizimda usib ulgaydim. Oilamizda, maxallada Ramazon oyida ruza tutmaslik gunox katorida,"ayb" xam edi.Ramazon oyida ruza tutmagan inson imkon kadar buni sir tutardi, sir tutardiki boshkalar oldida mulzam bulmasin. Insonning bu oyda mumkin sogligi tufayli tuta olmasligi yoinki boshka bir turli sabalarga kura ruza amallarini bajara olmasligi xech kimni kiziktirmas va bu inson maxalla tarafidan albatta "muxokama" kilinar va bu "muxokama" ana usha inson kulogiga yetib borar edi. Bu bir odatiy va shu bilan birga majburiy xolga xam keltirilgani tufayli mumkin bizlar buni istar istamas amal kilishga va bu yillar davomida bir refleks xolatiga aylangan. Shuni xam unutmaslik kerakki , biz Uzbeklar Suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirgan sabr-bardoshli, irodali, matonatli xalkmiz. Uzbekistonda ruza tutishning oson taraflari bunlar-siz yolgiz emassiz. Jamoa bulib ruza tutish musofirchilikda yolgiz ruzador bulishdan ANChA oson. Navbatdagi savol kyprok siyosatga yeinki Uzbekistonda mendan kura kuprok biladigan yurtdoshlarimga taalukli ekan, u mavzuga tuxtalmasam maksadga muvofik deyman. Nisholdani sogindim...

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002