Hyustonda otishma yuz bergan, qurbonlar bor

Image copyright Reuters
Image caption Politsiya gumonlangan shaxsni ushlashga muvaffaq bo‘lgan

AQShning Texas shtati Hyuston shahrida to‘rt yosh bola doxil olti kishi otib o‘ldirilgan.

Politsiyaning taxminga qaraganda, otishma oilaviy mojaro ortidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Politsiya gumonlanuvchini otishmada boshidan yaralangan qizchaning xabar berishi ortidan ushlagan.

Associated Pressning mahalliy hukumat vakillariga tayanib xabar qilishicha, qurolli shaxs o‘z bolalariga qarata o‘t ochgan, bolalarning ikkitasi asrandi bo‘lgan.

Bolalarning onasi fojea yuz bergan vaqtda uyda bo‘lmagani xabar qilinadi.

Otishma natijasida 4 va 14 yoshli o‘g‘il bola, 7 va 9 yoshar ikki qizcha, bundan tashqari 39 va 33 yoshlardagi ayol va erkak o‘ldirilgan.

Politsiyaga xabar bergan 15 yoshli o‘smir qizning ahvoli juda og‘ir deyilmoqda.

Biroq u politsiyaga otasi buvi va bobosining uyiga kelib ularning hammasini o‘ldirishni oldindan rejalashtirganini aytishga ulgurgan.

Mahalliy politsiya vakili Mark Xerman to‘liq tafsilotlarga to‘xtalmagan bo‘lsada, fojea oilaviy janjal oqibatida sodir etilgan bo‘lishi taxminini aytgan jurnalistlarga.

Halok bo‘lganlarning va qotilning ismi sharifi oshkor etilmagan. Shuningdek, o‘ldirilgan kishilar bolalar va ularning otasiga qanchalik aloqador ekanligi ham ma‘lum emas.

Politsiya 30 yoshlardagi soqolli erkakni ushlaganda, u o‘zini juda sovuqqon tutgani aytiladi.

Politsiya uning mashinasiga yaqinlashganda, qochishga urinmagan. Biroq to‘pponcha bilan o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, ikki soatlik muzokaralar davomida erkak hibsga olingan.

Amerikada fuqarolarning do‘kondan qurol sotib olishlari ta‘qiqlanmagan.

Bundan oldin ro‘y bergan shu kabi voqealar ortidan Prezident Barak Obama do‘konlarda qurol sotish tartibini ko‘rib chiqish lozimligini taklif qilgandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002