Ijtimoiy minbar: muxolifatsiz O‘zbekiston kelajagini qanday ko‘rasiz?

Image copyright pixland.uz

Farg‘onaga borgan Prezident Islom Karimov muxolifat endi xorijdan O‘zbekistonga qaytolmaydi, deb aytdi.

Tanqidchilari Prezident Karimovni mamlakatda endi shakllanib kelayotgan demokratik harakatni bo‘g‘ishda, o‘ziga muxolif deb bilgan har qanday siyosatchiga tazyiq o‘tkazib qamash, mamlakatdan tashqariga chiqib ketishga majburlashda ayblaydilar.

2015 yili O‘zbekistonda prezidentlik saylovi o‘tkazilishi rejalangan ekan, siz O‘zbekiston siyosiy kelajagini qanday ko‘rasiz?

Aksar faollari chet elda bo‘lgan O‘zbek muxolifatini kuchsiz va tarqoq deb bilishadi.

Siz O‘zbek muxolifati imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

Ijtimoiy minbarimizning keyingi mavzusi - O‘zbekiston muxolifatiga bag‘ishlangan.

O‘z fikr-mulohazalaringiz va sharhlaringizni Facebook va "Odnoklassniki"dagi BBCUzbek sahifalarida qoldiring!

Eng sara sharhlar bilan BBCUzbek.com sahifamizda ham tanishishingiz mumkin.

Fikrlaringiz uchun shu yerdamiz.

Sharhingizni Whatsapp orqali ham yo‘llashingiz mumkin, telefonimiz: +44-78-58-86-00-02