G‘azodagi turar-joy binosi vayron qilindi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Isroil havo hujumlarini davom ettirarkan, G‘azo sharqi va shimolidagi minglab falastinliklarni uylarini tark etish yuzasidan ogohlantirgan.

Isroil harbiy amaliyotlarini 8 iyul kuni boshlangan va maqsad Falastin tarafidan otiladigan raketalarni to‘xtatish ekanini aytgandi.

Ammo, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, o‘ldirilganlarning aksari oddiy aholi vakillaridir.

E‘tiboringizga taqdim etilayotgan videoyozuvda, ko‘rinishidan, shanba kuni G‘azodagi turar-joy binosining vayron etilgani aks etgan. Isroil harbiylari avval bino nishonga olinishi bilan ogohlantirishgan. Keyin bino tomi portlatilgan, 4 daqiqa o‘tib uy butunlay vayron qilingan.

Ichkaridagi odamlar ziyon-zahmatsiz qochib chiqishga muvaffaq bo‘lganlari xabar qilinadi.

Hodisa ortidan BBC muxbiri Jeremy Bowen uy egasi Samid Nofal bilan uchrashgan.

Nofal janoblari bino uning 4 o‘g‘li Hamas jangarisi bo‘lgani uchun nishonga olingani haqidagi da‘volarni rad etadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002