Uchoq halokati ortidan Markaziy Osiyo qanday choralar olmoqda?

Image caption "O‘zbekiston havo yo‘llari" 3,5 oylik tanafusdan so‘ng Kiyevga xaftasiga ikki marta qatnovlarni 15 iyuldan yo‘lga qo‘ygan edi

Ukrainadagi uchoq halokati sabab, Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi mamlakatdagi havo yo‘llari shirkatlarini Ukraina hududidan uchib o‘tmay turishni tavsiya qilgan. "Air Astana" shirkati muqobil yo‘llar hal bo‘lguncha Kiyevga uchuvchi reyslarini bekor qilgan.

Malayziya uchog‘i halokatga uchrashi munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Malayziya Bosh vaziri va halokatda yaqinlarini yo‘qotganlarga Qozog‘iston nomidan o‘z hamdardligini bildirgan.

Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi esa, mamlakatdagi aviokompaniyalarga ushbu halokatning sabablari to‘liq o‘rganilmaguncha Ukraina hududidan uchmay turish tavsiyasiini berdi.

"Ukraina havo sathidan uchib o‘tuvchi Qozog‘iston aviakompaniyalariga hozircha ushbu yo‘ldan foydalanmay turishlikni tavsiya qilamiz. Bu holat halokat sabablari to‘liq o‘rganilmaguncha davom etishi mumkin", - deydi fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi rahbar o‘rinbosari Serik Muxtibayev.

Muxtibayev janoblariga ko‘ra, Ukraina hududidan asosan mamlakatning "Air Astana" aviashirkati Kiyevga uchish uchun foydalangan. Bundan tashqari, goh-gohida charter reyslar amalga oshirilib turgan.

"Air Astana" shirkati halokat sodir bo‘lgan kunning o‘zidayoq Kiyevga uchuvchi reylarni bekor qilgan.

Shirkat prezidenti Piter Foster jurnalistlar oldiga chiqib Ukraina hududidan o‘tuvchi barcha reyslar bekor qilingani va ushbu hududni aylanib o‘tish uchun muqobil yo‘llar qidirilayotganini bildirgan.

"Olma ota - Kiyev" reysi esa Rossiya aviatsiya rahbariyatidan shimoliy yo‘ldan uchishga ruhsat olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi. Ushbu yo‘l janglar davom etayotgan huhudni aylanib o‘tish imkonini beradi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" 3,5 oylik tanafusdan so‘ng Kiyevga xaftasiga ikki marta qatnovlarni 15 iyuldan yo‘lga qo‘ygan edi.

Parvozlarning to‘xtab qolishiga Toshkent va Kiyev aeroportlari o‘rtasida kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Havo yo‘llarining so‘nggi reysi halokat sodir bo‘lishidan oldinroq soat 10:20 da Kiyevga qo‘ngan.

Ukraina osmonidagi Malayziya uchog‘i bilan sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng "O‘zbekiston havo yo‘llari" "Toshkent-Kiyev" qatnovini qoldirilishi yoki davom ettirilishi borasida biror izoh bermadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002