Momolar suprasidan: Yupqa o‘rganing

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yupqa - eng taniqli o‘zbek supra taomlaridan biri.

Uning tarixi shu qadar uzoqlarga borib taqaladiki, hatto Islomdan avvalgi inonchlarimizda yupqani ilohiy taom, deb bilishgan.

Hamon olis qishloqlarda ko‘zi yorishi yaqinlashgan homilador ayollar uchun shomon va zardo‘shtlik odatlari qorishib ketgan marosimlar chog‘i momolar yupqa pishirishadi.

Keyingi paytlarda yupqa pishirish janubiy O‘zbekistonda ancha ommalashgan va hozir bozorda sotib olish ham mumkin.

Aksar un va qaymoqdan qilinadigan yupqa qanchalik oddiy ko‘rinmasin, ko‘pchilik uning qanday tayyorlanishini bilmasligi mumkin.

Qozonda qavat-qavat qilib toblab pishiriladigan yupqaga ayrim hududlarda momolar achitilgan pishiq qaymoq surishadi, boshqalar esa qaymoqqa biroz pista yog‘i aralashtirishadi.

Biroq bu endi - har kimning o‘z ta‘biga havola.

Ushbu videotasvirda janubiy O‘zbekiston qishloqlaridan biriga borib, yupqa qilishni o‘rganamiz.

Loyiha muallifi Rustam Qobil.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002