Rishton aholisi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright none

Qirg‘iziston suv rezervuarlaridagi zahiralarning keskin kamayib ketishi natijasida favqulodda holat yuzaga kelganini aytmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, Bishkek va Chuy vodiysidagi irrigatsiya suvlarining yetmish foizi ishlatib bo‘lingan va Qirg‘iziston Qozog‘istonga shartnomada ko‘rsatilgan hajmdagi suvni yetkazib berolmaydi.

Qirg‘iz hukumati mintaqalarga yetkazib beriladigan suvga cheklov kiritgan va suv ta‘minotini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus shtab tuzishini e‘lon qilgan.

Ayni paytda O‘sh shahrida ichimlik suvi ta‘minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Shaharning qator mavze‘larida ichimlik suvi umuman yo‘qligi aytiladi.

Rasmiylar muammoga suvdan nooqilona foydalanishni sabab qilib ko‘rsatishadi.

Suv muammosi mintaqada ehtimoliy ziddiyatlarning manba‘si sifatida ko‘riladi.

Bundan ikki yil muqaddam Prezident Karimov Markaziy Osiyoda suv urushi xavfidan ogohlantirgandi.

Suv urushi hozirning o‘zida kamida bir insonning hayotiga zomin bo‘lgan.

14 iyul kuni qirg‘iz-tojik chegarasida suv ustidan chiqqan janjalda bir tojik fuqarosi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan.

Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimidagi Qirg‘iziston va Tojikiston suv manba‘larining katta qismini nazorat qiladi.

O‘tmishda Qirg‘iziston qo‘shni O‘zbekiston va Qozog‘istonga suvni sotish ehtimollari haqida ham gapirgan.

Rishtonlik jurnalist Bahodir Eliboyevning BBCga aytishicha, mahalliy aholi hozirning o‘zida dehqonchilik uchun qirg‘izlardan suvni pulga sotib olmoqda.

Ichimlik suvini esa mahalliy tujjorlar qo‘shni tumanlardan olib kelib sotishadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002