Ukraina armiyasi Donetsk yaqinidagi muhim shaharchani ishg‘ol qildi

Image copyright AFP
Image caption Donetsk shahrida bir necha uy vayron bo‘lgan

Ukrain hukumati ma‘lum qilishicha, mamlakat sharqida janglar shiddatli tus olarkan davlat kuchlari Avdeyevka shaharchasini ishg‘ol qilganlar.

Avdeyevka isyonchilar markazi - Donetsk yaqinida joylashgan shaharchadir.

Ukraina armiyasi tarqatgan xabarda aytilishicha, rossiyaparast bo‘lginchilar Avdeyevkadan chorshanba kuni siqib chiqarilgan.

Ushbu strategik shahar Donetsk aeroporti va temir yo‘l stantsiyasi yaqinida joylashgan.

Donetsk atrofida davom etayotgan og‘ir janglar xalqaro ekspertlarga MN17 uchog‘i halokatga uchragan joyga safar qilish imkonini bermagan.

Ukrain isyonchilarini dastaklagani uchun Rossiyaga nisbatan qo‘llaniladigan yangi jazo choralari tafsiloti chorshanba kuni kechqurun ma‘lum bo‘ladi.

Donetsk viloyati rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, oxirgi bir kecha kunduz ichida yuz bergan to‘qnashuvlarda 19 nafar inson halok bo‘lgan.

Ularning ilova qilishicha, Ukraina armiyasi Donetsk shahrini ishg‘ol etishga urinar ekan bir necha uy raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan.

Ukraina shuningdek mamlakat armiyasi Donetsk viloyatidagi Shaxtersk va Torez shaharchalariga kirganini ma‘lum qilgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02