O‘zbek va tojik vazirlari uchrashuvi "iliqlashuv" alomati-mi?

Image copyright BBC World Service
Image caption Abdulaziz Komilovning Dushanbega safari o‘zbek-tojik munosabatlarining iliqlashuvi sifatida baholanmoqda

Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) a‘zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘inida mintaqa xafsizligi va Afg‘onistondagi vaziyat muhoma qilindi.

Mazkur yig‘inda NATO kuchlari Afg‘onistonni tark etishlari ortidan BMT bu mamlakatda tinchilik va barqarorlikni o‘rnatishda asosiy va muvofiqlashtiruvchi rolini o‘ynashi lozimligi ta‘kidlandi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov yig‘ilish yakunida uyushtirilgan matbuot anjumanida ShHTga a‘zo davlatlar unga yangi a‘zolarni qabul qilish to‘g‘risida kelishuv hosil bo‘lganini ma‘lum qildi.

"Bugungi yig‘ilishda muhim hujjat, ya‘ni bu tashkilotga yangi a‘zolarni qabul etish borasidagi huquqiy hujjat tayyor bӯldi. Tashqi ishlar vazirlari ShHTga a‘zo davlat maqomi tartibini belgilovchi hujjat loihasini tasdiqladilar", - deb aytdi janob Aslov.

Tojikiston tashqi ishlar vazirining aytishicha, ushbu hujjat joriy yilning sentyabr oyida Dushanbe shahrida bo‘lib ӯtishi kuzda tutilgan ShHTga a‘zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishida qonuniy kuchga kirishi kutilmoqda.

Eron, Pokiston va Hindiston mazkur tashkilotga rasman a‘zo bo‘lib kirish niyatini bildirgan.

ShHT 2001 yilda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tomonidan tashkil etilgandi.

Keyinchalik bu tashkilotga O‘zbekiston ham qabul qilindi.

Eron, Pokiston, Hindiston, Mug‘uliston va Afg‘oniston tashkilotga kuzatuvchi davlatlar sifatida qabul qilingan.

ShHTning yig‘inlarida iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda terorizm, ekstremizm, bo‘lginchilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash masalalari muhokama etiladi.

Iliqlashuv

ShHTga a‘zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘ini chorcho‘basida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abulaziz Komilov tojik hamkasbi Sirojiddin Aslov bilan muloqot qildi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, ushbu muloqotda siyosiy masalalar yuzasidan muzokiralarni faollashtirish hamda naqliyot, energetika va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlatish mavzulari muhokima bo‘ldi.

Abulaziz Komilovni safari oxirgi yillarda O‘zbekiston yuqori mulozimining Tojikistonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Oxirgi yillarda ikki davlat a‘zo bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning Dushanbedagi yig‘ilishlarida O‘zbekiston elchisi yoki tashqi ishlar vazirining muovini ishtirok etardi.

Tojikistonda "Rog‘un" gidrostantsisi qurilishi qaytadan boshlanishi ortidan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.

Ikki yil muqaddam O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazishni to‘xtatib qo‘ydi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududidan Tojikiston tarnsport vositalarini tranzit sifatda o‘tkazishda qiyinchilar yuzaga keldi.

Kuzatuvchilar Abulaziz Komilovning Tojikistonga ushbu safarini ikki davlat orasidagi munosibatlarning iliqlashuvi nishonasi, deya baholashmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02