AQSh generali "O‘zbekistonda baza ochishni muhokama qilmagan"

Image caption Lloyd Ostin voizi u Termez bazasini muhokama qilmaganini aytgan

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi Barak Obama ma‘muriyati O‘zbekistonda harbiy baza ochish borasida Toshkent bilan muzokara olib borayotganini rad etgan.

Rossiyaning RIA Novosti agentligi Toshkentga shu hafta tashrif buyurgan AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Lloyd Ostin Termezdagi bazaga Amerika harbiy jihozlari va uchoqlarni joylashtirishga ruxsat so‘raganini xabar qilgandi.

Armytimes.com saytiga ko‘ra, Ostin janoblarining voizi uning tashrifi chog‘ida bu masala umuman ko‘tarilmaganini aytgan.

"General Ostin O‘zbekistondagi ehtimoliy AQSh bazasi rejalaridan bexabar. U o‘z tashrifi davomida o‘zbeklar bilan bunday rejalarni muhokama qilmadi", - deb aytgan Mayor Brayan Fikel.

Mayor Fikelga ko‘ra, General Ostin O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan o‘tgan uchrashuvida qo‘shni Afg‘onistondagi amaliyotlarni muhokama qilmagan.

Biroq, o‘zbek davlat agentliklari uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar qatorida Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi ham muhokama qilinganini xabar qilganlar.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Your contact details
Disclaimer