Isroilning yetti soatlik otashkesimi tugadi

Image copyright EPA
Image caption Vayrona G‘azo

Isroilning G‘azo bo‘lgasida yetti soatlik "insonparvarlik otashkesimi" nihoya topgan.

Zo‘ravonliklar bir qadar "sekinlagani" kuzatilgan.

Falastinliklarga ko‘ra, Isroil otashkesim e‘lon etishidan ko‘p o‘tmay uni buzishgan.

Isroil qo‘shinlari G‘azo shahridagi uyga hujum qilganlar.

Avvalroq, Isroilning yuqori lavozimli harbiylaridan biri ayni otashkesim Rafah shahriga tegishli bo‘lmaydi va Isroil qo‘shinlari hujum harakatlariga javob beradi deb aytgan edi.

"Tuban ahloqsizlik va jinoiy amal"

BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun G‘azodagi BMT maktabiga Isroil hujumini "tuban ahloqsizlik va jinoiy amal", deb ta‘riflagandi.

Falastin mulozimlariga ko‘ra, yakshanba kungi hujum oqibatida o‘n kishi qurbon bo‘lgan.

Isroil armiyasi yakshanba kuni G‘azodan qisman o‘z qo‘shinlarini chiqarayotganini ma‘lum qilgan.

Isroilga ko‘ra, bir necha tunnel tarmoqlari vayron etilgan va bu yo‘lda deyarli maqsadga erishilgan.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash mulozimlariga ko‘ra, hozirga qadar 1800 nafar falastinlik qurbon bo‘lgan va 9000dan ortiqrog‘i jarohatlangan.

Isroil tomonidan qurbonlar soni 66 nafar, ularning tom aksariyati askarlardir.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02