Ijtimoiy minbar: O‘zbekistondagi qashshoqlikning asl sababini bilasizmi?

Eng so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda istiqomat qiladigan aholining 77 foizi qashshoqlikda yashaydi.

O‘zbekiston hukumati esa har yili 1990 yilda bir xonadonda nechta muzlatgich bo‘lgani va bugun bu muzlatgich nechtaga ko‘paygani haqida e‘lon qiladi.

O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish va inflyatsiya darajasi bilan bo‘lgani singari aholining farovonlik darajasi haqidagi hukumat statistik ma‘lumotlarining haqiqatga to‘g‘ri kelishini tashqaridagi xalqaro tashkilotlar ham shubha ostiga oladigan bo‘lib qolgan.

Zavod-fabrikalar yopilishi, dehqonchilikka erkinlik berilmagani, bozor va tijoratlarni "bir hovuch puldorlar" monopoliyaga aylantirib olgani, o‘z biznesi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarning hokimiyatu-militsiya, prokuroru-snbchilar tarafidan "bo‘g‘ilgani" O‘zbekistonda millionlab insonlarni ishsizga aylantirdi.

Birgina Rossiyaning o‘zida kamida uch millionlik o‘zbekistonlik oilasini boqish yo‘llarini qidirishga majbur bo‘lgan.

Image copyright none

Ulardan esa Prezident Islom Karimov "dangasalar", deb jirkanishini aytdi.

Hokimiyat tepasidagi amaldorlarning fikricha, O‘zbekiston xalqining aksari bugungi kunda ham "davlat bersa, yeyman" deb yashaydigan boqimandalardir.

Hozirga kelib aksar tahlilchilar O‘zbekistondagi vaziyatni hukumat iqtisodiy siyosatni barbod qilgani yoxud bozor iqtisodi islohotlarini amalga oshirishni mutlaqo istamagani oqibatida sifatida ta‘riflamoqdalar.

Bir mamlakatda bir hovuch to‘daning milliarder bo‘lib ketib, 70-80 foiz aholining qashshoqlik, adolatsizlikka ro‘para kelishi so‘nggi yillarda bir necha mamlakatning hukmdorlarini ag‘darib tashladi, rasmiy Toshkent mafkurachilarining xalq ongiga singdirishga harakat qilayotganicha, "Arab bahorlar"i mamlakatni beqarorlashtirmoqchi bo‘lgan yozuv kuchlarning amalidir.

Sizningcha, O‘zbek amaldorlarining xalqning ahvoli, xususan qashshoqlikka nisbatan munosabatini qanday o‘zgartirish mumkin?

Qashshoqlikning yana qanday sabablari bor?

Fikrlaringizni BBCning Facebookdagi sahifasida qoldiring.

Sharhlaringizni BBCUzbek. com da ham o‘qishingiz va Daraklar dasturida tinglashingiz mumkin.

Whatsapp raqamimizga ovozli sharhlaringizni ham yo‘llashingiz mumkin +44 78-58-86-00-02.