Suratlar bilan Shinjon haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish mumkinmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Men Xitoyning 20dan ortiq shahrida bo‘ldim va yuzlab odamlar bilan uchrashdim", deydi Qurbonjon Samat. "Qahramonlarimning hikoyalari meni ilhomlantiradi", deya qo‘shimcha qiladi u.

Uyg‘ur suratkash Qurbonjon o‘z suratlari bilan ko‘plab xitoyliklarning ona yurti Shinjon haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirishga urinmoqda.

Shinjon faqat bog‘dorchilik va yo cho‘ntakkesarlarni anglatmasligini namoyish etish uchun, Qurbonjon o‘tgan yil dekabrida "Men Shinjondanman", deb nomlangan fotoloyihasini boshlagan.

Unda Shinjondagi turli etnik guruhlardan bo‘lgan, turli mutaxassisliklarga ega odamlarning 100dan ortiq suratlari jamlangan.

Xitoy shimoli-g‘arbida joylashgan Shinjon mintaqasida turli etnik ozchiliklar istiqomat qilishadi. Ularning ko‘pini musulmon uyg‘urlar tashkil qiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02