Obidxon qoriga qarshi suiqasd tergovi "siyosiy ma‘no kasb etgan"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik taniqli imom Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li Dovudxon Nazarovning BBC O‘zbek xizmatiga bergan intervyusida aytishicha otasiga nisbatan uyushtirilgan suiqasd yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni bir ma‘noda siyosiy ma‘no kasb etgan.

Obid qori Nazarov 2012 yil 22 fevralda Shvetsiyaning Stromsund shaharchasidagi o‘z uyidan masjidga yo‘l olshgan vaqti noma‘lum kishi tomonidan otib ketilgan edi.

Suiqasddan so‘ng Obidxon qori chuqur koma holatiga tushgandi.

Dovudxon Nazarov bilan suhbatning birinchi qismida u otasining ahvoli bir qadar yaxshilangani va atrofdagi yaqinlari bilan muloqot qila boshlaganligini bildirgandi.

Suhbatning ikkinchi qismida u suiqasd yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonining borishi haqida aytib berdi.

Obidxon qori Nazarovga suiqasdda gumon qilingan shaxs haligacha qo‘lga olinmagan.

Taniqli imom 2006 yildan beri Shvetsiyada yashab kelayotgandi. O‘zbekiston hukumatining eng taniqli tanqidchilaridan biri bo‘lgan imomga rasmiy Stokgolm siyosiy boshpana bergan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02