Dovudxon Nazarov: oilamizga nisbatan ta‘qib hamon to‘xtamagan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shvetsiyada 2012 yilda hayotiga suiqasd qilingan taniqli o‘zbekistonlik imom Obidxon qori Nazarov o‘g‘li Dovudxonning aytishicha, o‘zlarining oilasiga nisbatan ta‘qib hamon davom etayapti.

Obidxon qori Nazarov 2012 yil 22 fevralida Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida o‘z uyining ostonasida noma‘lum shaxs tomonidan otib ketilgan.

Suiqasddan so‘ng u chuqur koma holatiga tushgan.

BBC bilan suhbatda Dovudxon Nazarov otasining ahvoli bir qadar yaxshilangani va suiqasd yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayonining borishi haqida aytib berdi.

Dovudxon Nazarov so‘zlariga ko‘ra, hozirga kelib o‘zbekistonlik taniqli imom oilasiga tahdid "avvalgidan kuchaygan bo‘lsa kuchaygan, kamaymagan".

Shu sabab Obidxon qori Nazarov oilasi a‘zolari Shvetsiya davlati himoyasiga olingan.

Imomga suiqasdni uyushtirgan shaxs qo‘lga olinmagan.

Taniqli imom 2006 yildan beri Shvetsiyada yashab kelayotgandi.

O‘zbekiston hukumatining eng taniqli tanqidchilaridan biri bo‘lgan imomga rasmiy Stokgolm siyosiy boshpana bergan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02