"Obidxon qorini yomonotliq qilish va qarindoshlarga bosim davom etayapti"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

2012 yil Shvetsiyada hayotiga suiqasd qilingan taniqli o‘zbekistonlik imom Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li Dovudxon aytishicha, 2004 yil yozida Toshkentda g‘oyib bo‘lgan akasi Husniddin Nazarovning taqdiri haligacha o‘zlariga qorong‘u.

O‘shanda bir necha kun ichida Husniddin Nazarov va yana bir necha yosh namozxon yigitlar Toshkent ko‘chalarida g‘oyib bo‘lgan.

Obidxon qori Nazarov va uning oilasi a‘zolari ushbu g‘oyib bo‘lishlar ortida O‘zbek maxsus xizmatlari turganiga ishonishlarini aytadilar.

Imom oilasi a‘zolari O‘zbek rasmiylariga va xalqaro hamjamiyatga bir necha marta murojaat qilib, yosh yigitlar taqdiri haqida ma‘lumot berishni so‘raganlar.

Dovudxon Nazarov aytishicha, O‘zbekistonda otasini yomonotliq qilish kampaniyasi kuchaygan va O‘zbekistonda qolgan qarindoshlariga bosim o‘tkazilib, Shvetsiyada Obidxon qori Nazarovga O‘zbekiston hukumati suiqasd uyushtirgani haqidagi matbuot chiqishlarini to‘xtatish talab qilinayapti.

Taniqli 2006 yildan buyon imom oilasi bilan Shvetsiyada yashab keladi.

O‘zbekiston hukumatining eng taniqli tanqidchilaridan biri bo‘lgan imomga rasmiy Stokgolm siyosiy boshpana bergan.

Obidxon qori Nazarov 2012 yil 22 fevralida Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida o‘z uyining ostonasida noma‘lum shaxs tomonidan otib ketilgan.

Suiqasddan so‘ng u chuqur koma holatiga tushgan.

Imomga suiqasdni uyushtirgan shaxs qo‘lga olinmagan.

Ushbu suhbatni Dovudxon otasi Obidxon qori Nazarovning diniy-ma‘rifiy faoliyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan savolga javob bilan boshlaydi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02