Eronlik riyoziyotchi Filds medalini qo‘lga kiritgan ilk ayol bo‘ldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Eronda tug‘ilgan riyoziyotchi Professor Maryam Mirzaxoniy matematika sohasi bo‘yicha xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

Maryam Mirzaxoniy Nobel mukofotiga teng ko‘riladigan Filds medalini qo‘lga kiritgan ilk ayoldir.

AQShdagi Stanford universiteti professori Maryam Mirzaxoniy geometriya sohasidagi ishi uchun berilgan.

Mukofot Janubiy Koreya poytaxti Seulda mamlakat prezidenti Pak Kin Xe tomonidan topshirilgan.

Har to‘rt yilda bir marta o‘tadigan Xalqaro matematiklar kongressining bu yilgisida to‘rtta medal topshirilgan.

Yutuqni qo‘lga kiritganlar orasida Britaniyadagi Uork universiteti professori Martin Xayrer, Braziliya, Kanada-Amerika olimlari bor.

Filds medali ilk bor kanadalik matematik Jon Filds tarafidan tashkil qilingan. Mukofot sovrindoriga 15, 000 Kanada dollari (13739.66 AQSh dollari) beriladi.

Ilk mukofot 1936 yil egasiga topshirilgan. 1950 yildan beri esa, Filds medali har to‘rt yilda 2 yoki 4 nafar tadqiqotchiga beriladi.

Uni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan olim 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi shart. Chunki, mukofotdan g‘oliblarni kelgusi muvaffaqiyatlarga rag‘barlantirish maqsadi ko‘zlangan.

Professor Maryam Mirzaxoniy 1977 yil Tehronda tug‘ilgan.

(Video izohsiz berilmoqda)

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02