Gulnora Karimova: "Bizni itlardan ham battar saqlashmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCga eksklyuziv ravishda yo‘llangan audio va video tasmalarda O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘zi va qizi Imonning Toshkentdagi uy hibsida "itdan ham battar axvolda" ushlab turilganliklarini aytgan.

"Bizni uyda ushlab turishibdi. Uydan tashqariga qadam ham bosolmaymiz. Bizni itdan ham battar sharoitlarda ushlab turishibdi. Mening barmoqlarimni sindirmoqchi bo‘lishdi, ruhiy bosim o‘tkazishmoqda, uyimiz butkul ishg‘ol qilingan", - deb aytgan Karimova xonim.

Mobil telefoni vositasida suratga olingan videotasvirlarda esa Gulnora Karimova va uning farzandlari - Islom va Imonning, aftidan Prezident Islom Karimovning Do‘rmondagi qarorgohiga kirishga urinishlari aks etgan.

Qishda olingan tasvirlarda fuqaro va harbiy kiyimdagi shaxslar Gulnora Karimova hamda farzandlarini to‘xtatib qolishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Videoda Gulnora Karimovaning "Ota, ota!" deb qichqirganlari va "Men baribir o‘taman" degan xitoblari eshitiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02