"Islomiy Davlat"ning qo‘rqinchli targ‘ibot quroli

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Islomiy Davlat" guruhi jangarilari Suriya armiyasining "o‘nlab" askarlarini qatl qilgan. Bu haqda Suriya Inson huquqlari kuzatuv markazi xabar bergan.

Faollarga ko‘ra, askarlar Tabqa havo bazasi "Islomiy Davlat" tomonidan hujumga tutilgan payti Hama viloyatiga qochayotgan paytlari asir olingan.

Internetda paydo bo‘lgan suratlar va videoda ichkiyimdagi 100dan ortiq erkakning qurol o‘qtalgan holatda cho‘li biyobon bo‘ylab olib o‘tilgani aks etgan.

Videoda jangarilar "Islomiy Davlat" va "Ortga yo‘l yo‘q", deya qichqirganlar.

Onlaynda nashr etilgan ikkinchi videoda esa, kurd millatiga mansub shaxsning boshi tanasidan judo qilingani aks etgan.

BBC muxbiri "Islomiy Davlat" tarqatayotgan videotasvirlarni "katta ta‘sir kuchiga ega qo‘rqinchli targ‘ibot" quroli sifatida ta‘riflaydi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02