Bugun Twitter olamida O‘zbekiston

Internetning Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari O‘zbekiston mustaqilligining 23 yilligini #UZB23 trendi orqali bayram sifatida nishonlashga qaror qilganlar. Bugun O‘zbekiston va o‘zbeklarga aloqador yana qanday trendlarni kuzatish mumkin?

O‘zbekistondagi Bilayn aloqa kompaniyasi @Beeline_uz o‘zbekistonliklarni mustaqillik bayrami bilan rus tilida tabriklagan.

"Bilayn Uzbekistan" sizni O‘zbekiston Mustaqilligining 23 yilligi bilan tabriklaydi va tinchlik, ezgulik hamda farovonlik tilaydi," deyiladi shirkat tabrigida.

Twitterdagi @Seda_Banu tabrigi Turkiya nomidan O‘zbekistonga yo‘llangan bayram tabrigi bo‘lgan.

"Turkiya respublikasi do‘st O‘zbekiston xalqini mustaqillik bayrami bilan chin yurakdan tabriklaydi", deyiladi ushbu twitda.

@newsuzb AQShning O‘zbekistondagi elchiligi@usembassytashkent va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri@JohnKerryning O‘zbekiston mustaqilligi munosabati bilan tabriklarini yoyinlagan.

@_studentka_ shunday yozadi: Man baxtli ekanligimni yana bir bor his qildim. Bemalol ko‘chala yurishni o‘zi oliy Baxt. Robbim, Yurtboshimizi umrlari uzoq bo‘lsin.

@JasurNormetov shu fursatdan foydalanib O‘zbekiston televideniyesining Toshkentdagi mustaqillik bayrami tomoshalarini namoyish etgan tashkilotchilarini tanqid qiladi:

"Shu bayram operatorlari yomon jmot-de, ko‘rsat dodani o‘ynaganini.. Yomon joyi yo‘g‘u...", deb yozadi Twitter foydalanuvchisi.

@SoginchSadosi Prezident Islom Karimovning 31 avgust kuni so‘zlagan tabrigining Internet linkini e‘lon qilgan: PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING MUSTAQILLIGIMIZNING 23 YILLIGIGA BAG‘IShLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SO‘ZI

@bbcuzbek mustaqillik sanasi munosabati bilan "#O‘zbekiston mustaqilligi: Kim edigu kim bo‘ldik.." deb nomlangan yangi turkum boshlagan.

Bu turkumdagi ilk maqolada O‘zbekistonda nega "kim edigu kim bo‘ldik" degan shior dolzarbligi borasida fikr yuritiladi.

Shuningdek, BBCning Twitterdagi o‘quvchilari Prezident Karimovning o‘zbek xalqini yana hushyorlikka chaqirgani haqidagi maqola bilan tanishishlari mumkin.

Dunyodagi Internetdan foydalanuvchilarning ixtiyorlaridagi kompyuter, qo‘llaridagi mobil uskunalarida kirill yozuvidagi "O‘" harfi yo‘qligi uchun @o‘zbek xeshtegi bilan barmoq bilan sanarli Twitter yangilik va xabarlarini uchratish mumkin.

Rus tilidagi Twitteristonda Iroqdagi xudkushlik hujumini o‘zbek amalga oshirgani haqida xabar tarqalgan.

Ammo, tabiiyki, BBC bu xabarning haqiqatga to‘g‘ri kelishini boshqa manbalardan tasdiqlay olgani yo‘q.

@Gayrbekoff ismli foydalanuvchi shunday yozadi: "Iroqdagi "Spayker" harbiy bazasiga shahidlik hujumini ikki mujohid sodir etdi - o‘zbek va rus. Xayrli Tong"

Dunyoga mashhur Amazon shirkati Linn Vissonning "O‘zbek pazandachiligi san‘ati" deb nomlangan kitobni savdoga chiqargani haqida e‘lon qilgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02