Faqat nogironlar ishlovchi restoran

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Argentina poytaxti Buenos Ayresda 16 yil avval ochilgan kichik oshxona bugun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlar va hukumatlarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Gamburger, pitstsa hot-dog sotadigan bu yemakxona bir qarashda boshqalardan farq qilmaydi. Ammo u yerda faqat nogironlar ishlashadi.

Oshxona boshqaruvchilari bu bilan nogironlar ham hech kimdan kam emasligini, imkoniyat yaratilsa, soppa-sog‘ odamlar kabi hayot kechira olishlarini ko‘rsatishmoqda.

Ularning keyingi orzusi - oshxonani kengaytirib, boshqa shaharlarda ham nogironlarni ish bilan ta‘minlash.

-----------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02