29.08.14 - 05.09.14: Biz bir hafta oldin bilganu bilmagan narsalar

BBC O‘zbek Xizmati bu ro‘yxatga, balki, bir hafta burun umuman sizning xayolingizga kelmagan 10 ta g‘aroyib xabarni kiritdi.

Ular bilan tanishib, o‘zingizni bir sinab boqing-chi! Siz shunday ekanini bilarmidingiz?:

Olimlar mana bu "qo‘ziqorinlar"ni fanga umuman noma‘lum bo‘lgan yangi jonzotlar, deb atashmoqda. Ular Avstraliya sohillariga yaqin ummon tubidan topilgan.

Image copyright Thinkstock

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi tadqiqotlaridan ma‘lum bo‘lishicha, har 40 soniyada dunyoda bir kishi o‘z joniga qasd qiladi.

Image copyright SPL

Ovro‘po, Amerika va shu jumladan, yaponiyalik olimlar kelasi 10 yil ichida Uranga avtomatik tarzda boshqariluvchi stantsiya yuborishmoqchi. Ularga ko‘ra, Yer sayyorasidan 60 marta katta bo‘lgan Uranni o‘rganishning vaqti yetgan.

Image copyright AP

Angliyalik olimlarning aytishlaricha, elektron sigaretlar yiliga olti mingdan ortiq odamning umrini asrab qolishi mumkin. Ammo Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining aytishicha, bu kabi xulosalar "yanglishdir".

Image copyright BBC World Service

Xasta itni operatsiya qilgan amerikalik jarrohlar lol qolishibdi: Hoh ishoning, xoh yo‘q, uning oshqozonidan 43 yarimta paypoq chiqibdi.

Amerikalik olimlarning boshlari osmonda: Ularning aytishlaricha, Argentinadan shu paytgacha eng yaxshi saqlangan zavropod dinozavrining qoldiqlarini topishgan. Dinozavrning 70 foiz suyaklari haliyam butun ekan.

Image copyright AFP

Xitoyda esa, yangi chopstik ixtiro qilinibdi. "Baidu" texnologiya shirkatining yangi topildig‘i ovqatingizning yeyishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanini bir zumda aniqlab berarkan.

Image copyright BBC World Service

Britaniyalik olimlar yana bir aqlni shoshiruvchi xulosaga kelishibdi: Ularning aytishlaricha, to‘dada egallagan mavqe‘lariga qarab, maymunlar miyasining tuzilishi jismoniy jihatdan bir-biridan farq qilarkan.

Image copyright BBC World Service

Yangi tadqiqotlardan ma‘lum bo‘lishicha, jangari filmlarni ko‘rish etingizga et qo‘shib, sizni semirtirishga yaxshigina xizmat qilarkan.

Image copyright PA

"Uni Baggage" britan shirkatining taklifi esa, qanchalik g‘aroyibligi bobida ancha-muncha raqiblarinikini ortda qoldirishi tayin. Ular talabaligimning ilk kuni bir umr xotiramda qolsin, degan yoshlarni universitetga uchoq, tikuchar va "Rolls Royce"da eltib qo‘yishmoqchi. Ana sizga...

O‘tayotgan hafta nazarga tutilganda, siz bu ro‘yxatga yana qanday g‘aroyib faktlarni qo‘shgan bo‘lardingiz?

Fikrlaringizni bizga yo‘llashni unutmang.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02